$
 12559.26
-59.37
 14413.01
-103.46
 160.17
-0.66
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Bolalarga eʼtiborli boʻling: Oʻtkir diareya fasli boshlandi

Bolalarda diareya

Oʻzbekistonda turli vitamin va minerallarga boy sarxil mevalar pishib yetiladigan fasl boshlanmoqda. Afsuski, ushbu faslda aholi, ayniqsa, bolalar oʻrtasida mavsumiy kasalliklardan boʻlgan oʻtkir diareya ham avj oladi.

Oʻtkir diareya yohud ichburugʻ

Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati oʻtkir diareya haqida maʼlumot berdi. Unga koʻra, oʻtkir diareya – xalq orasida ichburugʻ, ich ogʻrigʻi, ich ketishi nomlari bilan ataladigan xastalik boʻlib, ichak yoʻllarining funksional buzilishi hisoblanadi.

" Oʻtkir diareya ichaklarni boʻshatish va ichning suyuq holatda kelishi bilan kechadi. Ichning kuniga 3-4 martadan koʻp kelishi oʻtkir diareya deyiladi", — deydi Toshkent shahar 4-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Shaxlo Isamuxammedova.

Infeksion va noinfeksion diareya

Kasallikning infeksion va noinfeksion turlari mavjud. Xastalik kelib chiqishiga koʻpincha gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik sabab boʻladi. Qolaversa, ichburugʻ yozning issiq kunlarida ochiq havoda qolgan taom va yeguliklar, jumladan, sut va sut mahsulotlarini iste'mol qilish tufayli yuzaga kelishi mumkin.

Ichburugʻ, dizenteriya, salmonellyozning kelib chiqish sababi

 Shuningdek, bolalar koʻchadan uyga kirgach va taomlanishdan avval qoʻllarini sovunlab yuvishni unutadi. Shu bilan birga, hoʻl meva-sabzavotlarni iste'mol qilishdan avval ularni yaxshilab chayish ham kichkintoylarning doimo hayoliga kelavermaydi. Oqibatda ogʻiz orqali organizmga tushgan bakteriya va viruslar ichburugʻ, dizenteriya, salmonellyoz kabi oʻtkir yuqumli ichak kasalliklarini qoʻzgʻatadi.

 Ya'ni organizmdagi bakteriya va viruslar ichak shilliq qavatini yalligʻlaydi va ulardan ajralgan toksinlar qonga soʻrilib, butun tanani zaharlaydi. Oqibatda 2 soatdan 2 kungacha boʻlgan inkubatsion davrda diareyaning ilk belgilari namoyon boʻladi.

Kasallik alomatlari

Ichburugʻ ovqatdan zaharlanish, shuningdek xatarli patologiyalar, xususan, surunkali gepatit, pankreatit va boshqa infeksion-yalligʻlanish kasalliklarining alomati boʻlishi mumkin.

 Bundan tashqari, ayrim dori vositalari hamda sut va sut mahsulotlarida boʻladigan laktoza, tabiiy meva, asaldagi va ayrim ichimliklarga qoʻshiladigan fruktoza uglevodlarini iste'mol qilish ham ich ketishiga sabab boʻladi.

Теги :
Jamiyat