$
 12831.81
-25.54
 14606.45
-66.36
 163.75
0.3
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Demografik inqiroz: O‘zbekistonda tug‘ilish kamayib bormoqda

demografiya

Mamlakatda nikoh va tug‘ilishlar soni kamayib bormoqda, bu mamlakat uchun “qizil ogohlantirish” bo‘lishi kerak.

O‘tgan yilgidan 4 foizga kamroq

2024-yilning dastlabki choragidagi tug‘ilish ko‘rsatkichlari o‘tgan yilning ayni shu davriga nisbatan pasaygani kuzatilmoqda, statistika agentligi bu haqida ma’lumot berdi (https://stat.uz/img/demografiya-press-reliz-26_04_2024-uzb.pdf). Uch oy davomida 205 700 nafar chaqaloq tug‘ilgan, bu esa 2023-yil yanvar-martiga nisbatan 4,3 foizga kamaygan.

Asosan 40 yoshgacha ota-ona bo‘lishmoqda

Tug‘ilgan chaqaloqlar 83,2 foizining otalari 25–39 yoshda, 7 foiziniki 25 yoshgacha, 9,8 foizida 40 va undan katta yoshlarda bo‘lgan. Go‘daklarning 35,9 foizining onalari 25 yoshgacha, 62,7 foiziniki 25–39 yosh, 1,4 foizida 40 va undan katta yoshlilar tashkil etadi.

Eng ko‘p farzand samarqandliklarda

Tug‘ilganlar soni bo‘yicha eng ko‘p Samarqand viloyatida qayd etilgan - 24 075 nafar. Eng kami esa Sirdaryoda - 5 066 ta. Tug‘ilish koeffitsiyenti eng yuqori hudud Surxondaryo bo‘lsa, eng kami Buxoro viloyatida.

Nikohlar soni tushib ketmoqda

Yilning dastlabki 3 oyida jami 48 600 nikoh qayd etilib, bu o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan 900 ta kamroq(49 500).2022-yilda bu raqamlar 57 900, 2021-yilda esa 59 900 ta bo‘lgan. Demak, ikki yilki ko‘rsatkich pastga qarab harakatlanmoqda. Ayollarda o‘rtacha nikoh yoshi 23,3 yosh bo‘lsa,bu ko‘rsatkich erkaklarda 28,2.

“Chuqur omillar natijasida nikohlar kamaysa, buni to‘xtatish qiyin”

Iqtisodchi Otabek Bakirov vaziyatga baho berib, nikohlarning kamayib borishining asosiy sabablarini sanab o‘tdi.

“Yangi davrda tug‘ilishning keskin ortishi daromadlarning o‘sishi bilan yuqori korrelyatsiyada bo‘lgan edi. Tug‘ilish dinamikasi uzoq muddatli trendi yana urbanizatsiya, gender chaqiriqlari, migratsiya, ertangi kunga ishonch kabi ko‘plab omillar ta’siri ostida shakllanadi”,- deydi iqtisodchi.