$
 12190.43
49.05
 14362.76
49.29
 162.09
1.83
weather
+26
Кечаси   +14°

25 yilda 2 milliardlik ko‘payish: Dunyo demografik xaritasida qaysi davlat yetakchi?

aholi

So‘nggi 25 yil ichida dunyo aholisi 2 milliarddan ko‘proqqa oshdi. Biroq bu o‘sish hamma davlatlarda bir xil emas. Ayrim joylarda odamlar juda tez ko‘paygan bo‘lsa, boshqalarida o‘sish ancha sekin bo‘lgan. Qizig‘i, aholisi foiz hisobida eng tez o‘sayotgan davlatlar bilan eng ko‘p odam qo‘shilgan davlatlar bir-biridan farq qiladi. 

Xo‘sh, qaysi davlat aholisi eng tez ko‘paymoqda?

Tarixdagi eng aholisi zich mamlakat

2000-yildan 2025-yilgacha eng katta o‘sish Hindistonda kuzatildi. Tarixda ilk marta bu davlatga 25 yil ichida 406 million odam qo‘shildi. Bu hatto AQShning umumiy aholisidan ham ko‘p. Shu sabab Hindiston 2023-yilda Xitoyni ortda qoldirib, dunyodagi eng ko‘p aholiga ega davlatga aylandi va yaqin orada bu o‘rinni yo‘qotmaydi.

Hindistonda bu 38 foizlik o‘sishni anglatadi, ya’ni u 2000-yilda ham 1 milliarddan oshiq aholiga ega edi. Hozir esa dunyo aholisining deyarli beshdan biri shu davlatda yashaydi, garchi mamlakat dunyo quruqlik maydonining taxminan 2,5 foizini egallagan bo‘lsa-da. Bu o‘sish Hindistonni tarixdagi eng ko‘p aholiga ega mamlakatga aylantirdi.

Keyingi o‘rinlarda Xitoy 138 million, Nigeriya 113 million, Pokiston 105 million, Indoneziya 78 million, AQSh esa 59 millionga oshgan. Shuningdek, Kongo Demokratik Respublikasi ham 59 millionga, Efiopiya 50 millionga, Bangladesh 46 millionga, Misr 45 millionga, Braziliya 39 millionga, Filippin 37 millionga, Tanzaniya 35 millionga, Meksika 34 millionga va Uganda 26 millionga ko‘paygan.

Eng tez o‘sayotgan davlatlar qayerda?

Osiyo aholining umumiy o‘sishi bo‘yicha yetakchilik qilsa-da, eng tez o‘sish sur’atlari Fors ko‘rfazida to‘plangan.

2005 va 2025-yillar oralig‘ida Bahrayn ( 154%), Quvayt ( 139% ) va Birlashgan Arab Amirliklari ( 250% ) kabi mamlakatlar global miqyosda eng yuqori o‘sish sur’atlarini qayd etdilar. Qatar 423% o‘sish bilan 2000-yildan beri aholining o‘sishi bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda. 

Undan keyin BAA 249,7 foiz, Ekvatorial Gvineya 166,6 foiz, Niger 157 foiz, Bahrayn 153,9 foiz, Papua-Yangi Gvineya 149,6 foiz, Angola 139,7 foiz, Kuvayt 139,1 foiz, Ummon 129,1 foiz, Chad 126,9 foiz, Iordaniya 126,3 foiz, Burundi 123,6 foiz, Kongo 121,8 foiz, Uganda 120,1 foiz va Zambiya 119,5 foiz o‘sish ko‘rsatgan.

Bu davlatlarda aholi tez o‘sishining asosiy sababi — tashqaridan kelayotgan ishchilar. Qurilish va energetika sohasidagi rivojlanish sabab ko‘plab chet elliklar bu hududlarga kelmoqda. Masalan, Qatarda aholining 15 foizidan kamrog‘i mahalliy fuqarolar bo‘lib, qolganlari Janubiy Osiyodan kelgan ishchilar hisoblanadi.

Afrika — kelajakdagi asosiy o‘sish markazi

Hozirgi kunda aholisi eng tez o‘sayotgan hudud Afrika hisoblanadi. Eng tez o‘sayotgan davlatlarning uchdan ikki qismi aynan shu qit’ada joylashgan va ba’zilariad allaqachon aholi ikki barobar bo‘lib ulgurgan.

Bunga odamlarning umr davomiyligi oshgani va bolalar o‘limi kamaygani sabab bo‘lmoqda. Shu bilan birga tug‘ilish darajasi ham yuqori bo‘lib qolmoqda. Prognozlarga ko‘ra, Afrika aholisi 2038-yilga borib 2 milliarddan oshadi.

G‘arbiy Afrika alohida ajralib turmoqda

Afrika qit’asidagi davlatlar orasida G‘arbiy Afrika ancha tez o‘smoqda. Hozir bu hududda 400 milliondan ortiq odam yashaydi va ularning deyarli yarmi Nigeriyada joylashgan.

Mutaxassislar fikricha, yaqin o‘n yilliklarda bu hudud dunyodagi eng zich aholi yashaydigan joylardan biriga aylanishi mumkin. Bu esa iqtisodiyot, infratuzilma va resurslarga katta bosim keltiradi.

Теги :
Jamiyat