$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

DeepSeek: ChatGPT, Google, Meta va Nvidia’ni ortda qoldirgan SI nimalarga qodir?

DeepSeek

Xitoyliklar “DeepSeek” deb nomlangan sun’iy intellekt modelini ommaga oshkor qildi. Bu yangilik Amerikaning shu sohada non topib yurgan kompaniyalari va jamoatchiligi orasida katta shov-shuv va vahimalarga sabab bo‘ldi.

Sabab nima?

Boisi – “OpenAI” kabi kompaniyalar milliardlab dollar va yillar sarflab yaratgan LLMni (Large Language Model) Xitoy kompaniyasi sanoqli oylar ichida va bor-yo‘g‘i 6 million dollar bilan yarata oldi.

Gorizont’ning yozishicha, ko‘pchilikning boshini qotirayotgan eng katta savol shu: Xitoyliklar bunaqa modelni 5-6 million bilan yarata olsa, biz milliardlab dollar sarflashimiz qanchalik o‘zini oqlaydi? Chunki Tramp 500 mlrd. dollar mablag‘ ajratgan.

Modelning imkoniyatlari

Modelning imkoniyatlari benchmarklarda “OpenAI”ning eng so‘nggi “o1” modeli bilan deyarli teng, hatto ba’zi yo‘nalishlarda ustun. Bu ham yetmaganidek, model “Open source” sifatida taqdim etildi, ya’ni omma va boshqa kompaniyalar undan bepul foydalanishi mumkin.

Ahamiyatli jihati DeepSeek chatboti AQSHning eng ilg‘or texnologiyalarisiz yaratilgan bo‘lsa-da, sifat jihatidan Google, Meta va Anthropic modellaridan ustun chiqdi. Bu esa yirik texnologiya kompaniyalarining yuz milliardlab dollarlik xarajatlari samaradorligini shubha ostiga qo‘ymoqda.

AQSh fond bozorining qulashi

Yangilik AQSh fond bozorini ostin-ustun qilmoqda. Xitoyning DeepSeek sun’iy intellekti ishga tushirilganidan so‘ng AQSh fond bozori bir kunda 1 trillion dollar yo‘qotdi.

Ayni daqiqalarda “NVIDIA” kompaniyasi aksiyasi 17 foizga tushib ketdi. Buning ortidan kompaniya bir kunda 465 milliard dollar yo‘qotdi – bu AQSh fond bozori tarixidagi eng katta kunlik yo‘qotish. Sun’iy intellekt bilan ishlayotgan boshqa kompaniyalarda ham shu ahvol.

Chatbot AQSh va Buyuk Britaniyada Apple ilovalar do‘konida ChatGPT’ni ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi.

Buning ta’sirida:

- Nvidia kompaniyasi bir kunda 465 milliard dollar yo‘qotdi – bu AQSh fond bozori tarixidagi eng katta kunlik yo‘qotish;

- Microsoft 130 milliard dollar yo‘qotdi;

- Google kompaniyasi 80 milliard dollar yo‘qotdi;

- Tesla, Meta va Amazon aksiyalari ham keskin pasaydi;

- Yevropa texnologiya aksiyalari 4.5 foizga tushdi.

Bu DeepSeek asoschisining hobbisi bo‘lgan

DeepSeek asoschisi Lyan Venfeng: “Sun’iy intellekt hamma uchun arzon va qulay bo‘lishi kerak”, deya ta’kidladi. U 2021-yilda hobbi sifatida AI modellari yaratishni boshlagan.

AQShlik taniqli investor Mark Andressen bu voqeani sovuq urush davrida SSSRning birinchi sun’iy yo‘ldoshni uchirishiga qiyosladi – chunki o‘sha paytda amerikaliklar to‘satdan kosmik poygada SSSRdan orqada ekanligini tushunib qolishgan edi. DeepSeek xuddi shunday hech qayerdan paydo bo‘lib, AQSH aslida ortda qolayotganini ko‘rsatib qo‘ydi.

Chat-bot bloklandi-mi?

Yanis Varufakisga ko‘ra, DeepSeek o‘z saytiga bo‘lgan kiber hujumlar tufayli yangi ro‘yxatdan o‘tishni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

“Nyu-York fond birjasida 1 trillion dollar yo‘qotilishi qanday baholanadi? Mao aytganidek “Osmon ostidagi hamma narsa butunlay xaosda – vaziyat ajoyib!” – deb yozadi u o‘z X sahifasida.

Теги :
Jamiyat