$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Davlat fuqarolik xizmatchilarining salohiyatini oshirish tizimi qanday ishlamoqda?

davlat xizmatchilari

O‘zbekiston davlat xizmati tizimini rivojlantirish va zamonaviy talablar darajasida boshqaruvni tashkil etish maqsadida 2024-yilda keng qamrovli o‘quv dasturlari amalga oshirildi. Ushbu dasturlar orqali davlat boshqaruvida faoliyat yuritayotgan rahbarlar, mutaxassislar va yangi yetakchilarning malakasi oshirilib, ularning ish samaradorligi yaxshilandi.

An’anaviy ta’lim

Davlat boshqaruv tizimi uchun asos bo‘lgan an’anaviy ta’lim dasturlarida quyidagi ishtirokchilar malaka oshirdi:

  • Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar – 1 166 nafar;
  • Salohiyatli kadrlar rezerviga kiritilgan nomzodlar – 494 nafar;
  • Vazirlik va idoralar markaziy apparatlaridagi rahbar kadrlar – 807 nafar;
  • Urtaga va quyi bo‘g‘in rahbarlari – 1 644 nafar;
  • Gender masalalari bilan ishlash bo‘yicha rahbarlar – 363 nafar;
  • Xalq qabulxonalari tizimida ishlovchi mutaxassislar – 464 nafar;
  • Tuman va shahar hokimliklari mutaxassislari – 1 343 nafar;
  • Yirik tayinlangan sektor rahbarlari – 52 nafar;
  • Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlovchi xodimlar – 51 nafar.

Maxsus o‘quvlar

Maxsus o‘quv kurslari doirasida:

  • “Rahbar ayollar maktabi” kursida 46 nafar faol ayol rahbarlik qobiliyatlarini rivojlantirdi;
  • “Hokimlikka tayyorlash maktabi”da 56 nafar milliy kadrlar zaxirasidagi nomzodlar ishtirok etdi;
  • “Mahalla yetakchiligi” kursida 9 500 ta mahalladan jami 54 598 nafar yetakchi qatnashdi.

Xorijiy stajirovka

Davlat xizmatchilari xorijiy tajriba almashish maqsadida quyidagi davlatlarda stajirovka o‘tkazdi:

  • Xitoy – 17 nafar;
  • Koreya Respublikasi – 17 nafar;
  • Germaniya – 9 nafar;
  • Turkiya – 11 nafar.

Ekspress-treninglar

Yangi tayinlangan rahbarlar va ularning jamoalari uchun 39 ta tumanda ekspress-treninglar tashkil etildi. Ushbu treninglarda 181 nafar hokim o‘rinbosarlarihamda 1 342 nafar mutaxassis qatnashdi.

Теги :
Jamiyat