$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻtgan yilda Oʻzbekiston aholisi 896,3 trillion so‘m daromad qildi

pul

2024-yilning yanvar—dekabr oylarida O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari 896,3 trillion so‘mni tashkil qildi. Bu haqida Statistika agentligi xabar berdi.

Oʻtgan yili natija qanday edi?

Iste’mol narxlarining o‘zgarishi sababli 2023-yilga nisbatan aholi umumiy daromadlarining real o‘sish sur’ati 108,1foizni tashkil etdi. Aholining umumiy daromadlari nominal o‘sish sur’ati esa 118,5 foizni tashkil qilgan.

Oʻrtachi ish haqi miqdori qanday?

Eslatib oʻtamiz, 2024-yilda O‘zbekistonda o‘rtacha nominal (soliq va boshqa to‘lovlarni o‘zi ichiga olgan) oylik ish haqi 5 mln. 357 ming so‘mni tashkil etgani haqida xabar bergan edik. (2023-yilda 4 mln. 562 ming so‘m bo‘lgan). Hisob-kitoblarda qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik subyektlari ish haqlari inobatga olinmagan. Aks holda bu raqamlar sezilarli pasayishi mumkin edi.

Теги :
Jamiyat