$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

9 oyda aholining daromadlari 7,7 foizga, o‘rtacha ish haqi 16,4 foizga oshdi — moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

pul

6-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik Palatasining navbatdagi majlisda davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2024-yil 9 oyidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot ko‘rib chiqildi. Kun tartibidagi masala yuzasidan iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov axborot berdi.

YIM 6,6 foizga o‘sdi

Ta’kidlanishicha, o‘tgan 9 oyidagi mamlakat yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’ati 6,6 foizni tashkil etgan. Shundan:

  • sanoat ishlab chiqarishi 7,0 foizga;
  • qurilish ishlari 9 foizga;
  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 3,1 foizga ko‘paygan.

Aholining real daromadlari 7,7 foizga oshdi

Aholining real daromadlari 7,7 foizga oshib, o‘rtacha ish haqi 16,4 foizga oshgan. Bu inflyatsiya darajasidan (6,8 foiz) yuqori bo‘lgani aholi farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi, dedi Ilhom Norqulov. Davlat byudjeti daromadlari 193,6 trillion so‘mni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 18,9 foizga oshgan va deyarli barcha soliq turlari bo‘yicha belgilangan reja ko‘rsatkichlari to‘liq bajarilgan.

Aholining uy-joyga bo‘lgan talabini qanoatlantirish maqsadida byudjetidan ipoteka kreditlari bo‘yicha qariyb 1 trillion so‘m subsidiyalar ajratildi.

Byudjet xarajatlari hisobot davrida 219,3 trillion so‘mni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 9 foizga o‘sgan.

Теги :
Jamiyat