$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Telegramda sevgilisining shaxsiy rasmlarini tarqatib yuborgan yigit qo‘lga olindi

phone crime chatting

Buxoro viloyatida yashovchi Y.Sh. ismli ayol murojaatida o‘zining uyatli foto hamda videotasvirlari noma’lum shaxs tomonidan Telegram messenjerida tarqatib yuborganligini ma’lum qilgan. 

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Buxoro viloyatida yashovchi R.R. sodir etganligi aniqlangan.

 U rasmlarni qizning qarindoshlariga tarqatib yuborgan

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan R.R., jabrlanuvchi Ya.Sh. bilan ma’lum vaqt ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan va uning turli behayo fotosuratlarini telegram messenjeri orqali qo‘lga kiritib, qizning qarindoshlariga tarqatib yuborganligi ma’lum bo‘ldi. 

 “Yigitcha”ni qanday jazo kutmoqda?

Mazkur holat yuzasidan R.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 141/3-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 141/3-moddasi 2-qismi bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.