$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Qonunni buzgan qonun himoyachilari

kishan

Qonun himoyachilari jinoyatlarga qarshi kurashadilar va ularning oldini oladilar. Ammo ularning o‘zlari jinoyat qilsa nima bo‘ladi?!

Pora olgan qonun himoyachilari

Hujjatlarni sudga yubormaslik uchun pora

IIV shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi, Sirdaryo viloyati bo‘yicha bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlarida, "matiz" rusumli "85 A 091 MA" davlat raqam belgili avtomashinasini mast holatda bo‘lgan tanishi boshqaruviga berganligi bo‘yicha to‘plangan hujjatlarni sudga yubormaslik va avtomobilni jarima maydonidan chiqarib berish evaziga Oqoltin tumani IIB yo‘l-patrul xavfsizligi guruhi katta inspektori leytenant Xolbo‘tayev Jamshid Sotiboldi o‘g‘liga 4 million 900 ming so‘m miqdorida pullarni pora tariqasida bergan vaqtida qo‘lga olindi.

Mastligiga ko‘z yumishlari uchun pora

Yana bir holatda, fuqaro "nexia 3" rusumli "70 F 689 OA" davlat raqam belgili avtomashinasini mast holatda boshqarganligi to‘g‘risida to‘plangan hujjatlarni sudga yubormaslik va avtomobilni jarima maydonidan chiqarib berish evaziga Sayxunobod tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori, katta leytenant Omonboyev Jasurbek Rasul o‘g‘liga 3 million 300 ming so‘m miqdoridagi pulni pora sifatida bergan vaqtida qo‘lga olindi.

Sudga bo‘ysunmaganlikka ko‘z yumish uchun pora

Reyd tadbirlari davomida, fuqaro sud tomonidan qo‘yilgan cheklovlarga rioya qilmaganligi holati bo‘yicha qonuniy chora ko‘rmaslik va to‘plangan hujjatlarni sudga yubormaslik evaziga Sirdaryo viloyati IIB probatsiya bo‘linmasi katta inspektori, leytenant Tillayev Murodjon Ahmadjonovichga 5 million so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan paytida qo‘lga olingan.

Qonuniy jazo muqarrar

Barcha holatlar bo‘yicha bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Sirdaryo viloyatining tumanlardagi bo‘limlari tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.