$
 12694.87
-25.13
 13766.32
-61.59
 139.48
-0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Oliy ta’lim korrupsiya reytingida nima uchun qoniqarsiz natija qayd etmoqda?

korrupsiya

Kuni kecha matbuot anjumanida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023 yil yakuni uchun tuzilgan reytingda Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining qoniqarsiz natija ko‘rsatgani vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan tushuntirildi. 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri izohi

"Xabaringiz bor, o‘tgan yilning oktyabr oyidan boshlab yangi yilgacha bizning vazirlikdagi ko‘pchilik xodimlar boshqa vazirlikka o‘tib ketishdi. Antikorrupsiya agentligining ushbu reytingni tuzishdagi ba’zi so‘rovlari bo‘sh qolgan. Shuning uchun bajarilmagan deb turib, baholangan. Nasib qilsa, bu yil reytingda bizning ko‘rsatkichimiz yaxshi bo‘ladi" — dedi vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov.

Korrupsiyaga qarshi kurashish reytingi

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi bo‘yicha reyting natijalarini e’lon qilgandi. 2023 yil yakuni bo‘yicha natijalarda 95 ta davlat tashkiloti, jumladan, 36 ta davlat tashkiloti ilk marotaba, qolgan 59 tasi esa takroran baholashdan o‘tkazilgan bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, 42 ta tashkilot faoliyati samaradorligi "yaxshi" (81−100 ball), 38 ta tashkilot "qoniqarli" (55−80 ball) va 15 ta tashkilot "qoniqarsiz" (55 balldan past) deya ajratilgandi. Unda qoniqarsiz deya baholangan davlat tashkilotlari orasiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ham kiritilgandi.

Теги :
Жамият