$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Davlat byudjetidan 18,4 milliard so‘m mablag‘ noqonuniy sarflanishining oldi olindi

AOKAda “O‘zkimyosanoat” AJ axborot xizmati rahbari Hojakbar To‘laganov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda tarmoq korxonalarida 2024-yilning o‘tgan 9 oyi davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlashga oid yo‘l xaritasi

“O‘zkimyosanoat” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens boshqarmasi va tarmoq korxonalari Komplayens xizmatlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida 2024-yilning o‘tgan 9 oyi davomida belgilangan vazifalar doirasida tegishli tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, jamiyatning Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi, dastur doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi, korrupsion xavf yuqori bo‘lgan lavozimda ishlovchi xodimlarni o‘qitish dasturi hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholashga oid yo‘l xaritalari ishlab chiqilib tasdiqlandi.

Ochiqlik, shaffoflikni oshirish bo‘yicha qilingan ishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Jamiyat va uning tizim korxonalaridagi Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan 19 turdagi ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar rasmiy veb-saytlarga joylashtirib borilishi ta’minlandi. 

Shu bilan birga, davlatimiz rahbarining 2022-yil 11-maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida Jamiyatning jami 58 ta funksiyalardagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholashdan o‘tkazilib, Jamiyat faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi tasdiqlangan holda jamoatchilikka ochiq e’lon qilindi. 

49 ta tender bekor qilinib, 18,4 mlrd. so‘m mablag‘ noqonuniy sarflanishining oldi olindi

 Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qabul qilingan “O‘zkimyosanoat” AJda 16 ta, “Navoiyazot” AJda 32 ta, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda 9 ta, “Maksam-Chirchiq”AJda 15 ta, “Ammofos-Maksam” AJda 12 ta hamda “O‘zkimyoimpeks” MCHJda 11 ta ichki idoraviy hujjatlar korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilib, jami aniqlangan 18 ta holatdagi korrupsion omillarni bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Hisobot davrida “O‘zkimyosanoat” AJ va tizim korxonalari tomonidan o‘tkazilgan tender tanlovlari va tuzilgan shartnomalarning qonuniyligi hamda manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining mavjudligi bo‘yicha jami 1 713 ta holatda o‘rganishlar o‘tkazilib 850 ta kontragentlar bo‘yicha xulosalar berildi. O‘rganish natijasiga ko‘ra, 49 ta holatda tender tanlovlari va tuzilgan shartnomalar bekor qilinib, 18,4 mlrd. so‘m pul mablag‘lari noqonuniy sarflanishining oldi olindi.

Qonunbuzilish holatlari sabab 12 nafar xodim ishdan chetlatilgan

Hisobot davrida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Jamiyat va uning tarmoq korxonalariga korrupsion va boshqa qonunbuzilish holatlari hamda manfaatlar to‘qnashuvi yuzasidan kelib tushgan murojaatlarning 32 tasi bo‘yicha xizmat tekshiruvi va o‘rganishlar o‘tkazildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, to‘plangan hujjatlar asosida 12 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi, 24 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortildi. 

5,2 milliard so‘m yetkazilgan moddiy zarar undirildi

“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining tegishli buyrug‘iga asosan tuzilgan ishchi guruh tomonidan, joriy yilning 2-choragi davomida “Navoiazot”, “Maksam-Chirchiq”, “Ammofos-Maksam” va “Dehqonobod kaliy zavodi” AJlarining mamlakatimiz hududlarida joylashgan jami 140 ta mineral o‘g‘itlarni vaqtinchalik saqlovchi vakolatli ijara omborlarida joyiga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish davomida 3 ta holatda 9,6 mlrd. so‘mlik mineral o‘g‘itlar kamomadi aniqlanib, ayni paytga qadar 5,2 mlrd. so‘m yetkazilgan moddiy zarar undirildi.

Shuningdek, monitoring tadbirlari davomida mineral o‘g‘itlarning to‘g‘ri va sifatli saqlanayotganligi, tuzilgan shartnomalarning qonuniyligi, iste’molchilarga yetkazib berish tartibiga rioya qilinishi holatlari o‘rganilib, kelgusida korxona mulkini talon-taroj qilinishining oldini olish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.