$
 12790.12
-4.9
 13936.11
42.0
 130.03
-1.59
weather
+26
Кечаси   +14°

Joriy yilning oʻtgan davrida Madaniyat vazirligiga korrupsiyaga oid qancha murojaat kelib tushdi?

pul korrupsiya

Joriy yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxs vakillari tomonidan Madaniyat vazirligiga korrupsiyaga oid jami 11 ta murojaat kelib tushdi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Madaniyat vaziri oʻrinbosari Yusufjon Usmonov ma’lum qildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi yuzasidan oʻrganishlar

 Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida vazirlikning tegishli buyruqlari asosida “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi, “Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi” va uning hududiy boʻlimlarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xorazm, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlari madaniyat boshqarmasi va tizim tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi yuzasidan oʻrganish olib borildi.

Oʻtkazilgan oʻrganish jarayonida tashkilotlar tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi. Oʻrganish natijalari boʻyicha “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi, “Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi” va uning hududiy boʻlimlari bilan bevosita hamda ZOOM platformasi orqali, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xorazm, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlari madaniyat boshqarmalari va ular tasarrufidagi tashkilotlar xodimlari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazildi. Mazkur yigʻilishlarda huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar xodimlari ishtiroki ta'minlandi.

 9 nafar mansabdor shaxslarga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi

 Shuningdek, vazirlik Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati va tegishli mutaxassislar ishtirokida davlat xaridlariga oid qonunbuzilishi holatlari yuzasidan Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani madaniyat boʻlimi, Urganch ixtisoslashtirilgan maqom san’ati maktab-internati, Qoʻqon shahar 7-son bolalar musiqa va san’at maktabi, Konimex tumani madaniyat boʻlimi, Shahrisabz shahar 20-son bolalar musiqa va san'at maktabida 6 ta xizmat tekshiruvi oʻtkazildi hamda oʻrganish yakunlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq 9 ta holatda mutasaddi xodimlarga qonunchilikda belgilangan tartibda ta’sirchan choralar qoʻllanildi.

 Olib borilgan targʻibot va ogohlantirishlarga qaramay, qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etmagan 10 nafar mas’ul rahbar hamda mansabdor shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi, 9 nafariga esa “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.

Madaniyat vazirligiga korrupsiyaga oid jami 11 ta murojaat kelib tushdi

Joriy yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxs vakillari tomonidan Madaniyat vazirligiga korrupsiyaga oid jami 11 ta murojaat kelib tushdi. Barcha murojaatlar tegishli mutaxassislar ishtirokida oʻrganib chiqilib, ariza mualliflariga javob xatlari yuborildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 5-iyundagi PQ–210-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Madaniyat vazirligi va uning barcha tizim tashkilotlarida “Manfaatlar toʻqnashuvi” holatlariga yoʻl qoʻyilmasligi yuzasidan ishlar nazoratga olingan.