$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Qanday mahsulotlar eng ko‘p soxtalashtiriladi?

copyright mualliflik

Intellektual mulk sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yuzasidan 2024-yilda aniqlangan kontrafakt va soxtalashtirilgan mahsulotlar soni e’lon qilindi.

Eng ko‘p hissa oziq-ovqatlarga to‘g‘ri keladi

Adliya vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning dastlabki choragida aniqlangan kontrafaktlarning 58 foizi oziq-ovqat mahsulotlariga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi o‘rin esa gigiyena bilan bog‘liq bo‘lib, bu jami aniqlanganlarning 11 foizi. Undan tashqari 7 foizi alkogol mahsulotlari, 5 foizi farmatsevtika mahsulotlari va 4 foizi boshqa turli mahsulotlarga to‘g‘ri keladi. Mualliflik huquqi bilan bog‘liq ko‘plab ishlar ham aniqlanib, bu umumiy mahsulotlarning 15 foizi. 

Toshkent yana yetakchi

Yilning dastlabki 3 oyida ushbu kabi jinoyatlarning eng ko‘pi Toshkent shahrida aniqlangan bo‘lib, 41 holatda soxta mahsulotlar tarqalishining oldi olingan. Keyingi o‘rinlarni Samarqand – 24 ta, Qashqadaryo – 17 ta keys bilan egallagan.

30 million jarima undirilgan

Soxtalashtirish va ularni tarqatish bilan bog‘liq 44 nafar huquqbuzar sudga tortilib, jarimaga tortilgan. Ushbu shaxslardan 30 million 430 ming so‘m jarima undirib olingan. Bundan tashqari, 145 ta tashkilot o‘zida ushbu turdagi qonun buzilishini bartaraf etganligi bo‘yicha hujjatlarni Adliya vazirligiga taqdim etgan.