$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Mehnat huquqlari buzilgan xotin-qizlarga 7,8 milliard so‘m undirib berildi

homilador xodim

Bugun, 13-dekabr kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi Axborot xizmati rahbari Shoxidaxon Yuldasheva vazirlik tomonidan inson huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Ta’kidlanishicha, 2024-yilda aholining zaif qatlamlari, xususan, xotin-qizlar va ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qator muhim tashabbuslar amalga oshirildi.

Xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilishda nimalar amalga oshirildi?

Avgust oyida “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” aksiyasi o‘tkazilib, mamlakat bo‘ylab 2 mingdan ortiq ommaviy sayyor qabullar tashkil etildi. Brifingda keltirilishicha, ushbu tadbirlarda 37 ming nafarga yaqin fuqaro ishtirok etgan, ulardan 12 700 nafardan ortig‘iga birlamchi huquqiy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, 3 586 nafar xotin-qizning muammolari ijobiy hal etilgan, 3 332 nafarining esa real huquqiy himoyasi ta’minlangan.

Misol sifatida, Andijon viloyatining Paxtaobod va Oltinko‘l tumanlarida homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqqan ta’lim va tibbiyot tizimi xodimlariga 465 million so‘m miqdoridagi to‘lanmagan mablag‘lar undirib berildi. Umumiy hisobda, xotin-qizlar foydasiga jami 7 milliard 811,5 million so‘m mablag‘ qaytarilgan.

Ozodlikdan mahrum etilganlarning huquqiy himoyasi

Brifingda qayd etilishicha, 14–28-oktyabr kunlari “Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish” aksiyasi o‘tkazilgan. Ushbu tadbir doirasida 748 nafar fuqaroning muammolari ko‘rib chiqilgan va 605 nafar shaxsning real huquqiy himoyasi ta’minlangan.

Bundan tashqari, “Ishga marhamat” monomarkazlari bilan hamkorlikda 333 ta “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkalari o‘tkazilib, 183 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi. 128 nafar shaxs esa bepul kasbga o‘qish imkoniga ega bo‘ldi.

Qonunbuzilishlarga qarshi chora-tadbirlar

Aksiya doirasida o‘tkazilgan monitoring natijasida mehnat huquqlari, ijtimoiy to‘lovlar va boshqa masalalar yuzasidan 600 ga yaqin qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Brifingda ta’kidlanishicha, adliya organlari tomonidan 50 ta taqdimnoma, 31 ta da’vo arizasi va 51 ta ogohlantirish kiritilib, jami 100 million so‘mdan ortiq mablag‘ undirib berildi.

Теги :
Jamiyat