$
 12957.14
29.97
 14702.47
-15.11
 156.56
0.83
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Coca-Cola brendining 8 xil turdagi ichimligida zararli kimyoviy moddalar aniqlandi

cola

Coca-Cola kompaniyasi o‘z mahsulotlarini Belgiya, Buyuk Britaniya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Fransiya va Germaniya bozorlaridan ommaviy ravishda qaytarib olmoqda. Bunga sabab kompaniya ichimliklari tarkibida zararli kimyoviy moddalar aniqlanganidir. Bu haqda BBC xabar berdi.

 Muammo ichimliklar sifatini me’yoriy talablarga muvofiqligini tekshirish paytida aniqlangan

Ma’lum qilinishicha, ichimliklar tarkibida xloratlarning (kimyoviy modda) ko‘p ekanligi aniqlangan. Kompaniya aniq raqamlarga ega emas, biroq kompaniya mahsulotlari do‘konlarda ham, savdo avtomatlarida ham katta miqdorda sotiladi. Choralar 2024-yilning noyabr oyi oxiridan buyon chiqarilgan banka va shishalardagi Coca-Cola, Sprite, Fanta, Fuze Tea, Minute Maid, Nalu, Royal Bliss va Tropico markalariga taalluqli. Muammo ichimliklar sifatini me’yoriy talablarga muvofiqligini tekshirish paytida aniqlangan.

Shuningdek, “faqat 328G dan 338G gacha ishlab chiqarish kodlari bo‘lgan bankalar va shishalar qaytarib olinishi lozim. Ishlab chiqarish kodini mahsulotning yaroqlilik muddati ostida topish mumkin”, deyiladi xabarda.

Mahsulotlarning aksariyati allaqachon muomaladan chiqarilgan

Ma’lumotlarga qaraganda, standartlarga javob bermaydigan mahsulotlarning aksariyati allaqachon muomaladan chiqarilgan yoki bozorlarga kiritilmagan. Qolgan partiyani olib qo‘yish bo‘yicha tashkilot yuqoridagi davlatlarning tegishli idoralari bilan hamkorlik qilmoqda.

Avvalroq Coca-Cola tarkibida plastiklar aniqlangan

Eslatib o’tamiz, avvalroq Fransiyada olib borilgan tadqiqotlarda plastik baklajkalardagi Coca-Cola ichimligi tarkibida kamida 6 xil turdagi plastiklar aniqlangandi.

Tadqiqotlar mikro va nanoplastiklarni aniqlashga ixtisoslashgan ikkita laboratoriyada o‘tkazilgan.

Olimlar Schweppes va Coca-Cola gazli ichimliklarni 1, 10 va 20 marta ochgandan so‘ng undagi mikroplastik zarrachalar miqdorini o‘lchagan. Natijada baklajkalar qopqog‘i qanchalik ko‘p ochilsa, gazli ichimlikka shunchalik ko‘p mikroplastik zarrachalar tushgan.

“Agar plastiklar aniqlansa ham qasddan idishga kiritilmagan”

Schweppes va Coca-Cola kompaniyasi vakillari mazkur tadqiqotga munosabat bildirgan. Kompaniyalar ichimlik idishlarining barchasi oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga qo‘yiladigan talablarga javob berishini va mikroplastika, “agar u aniqlansa ham qasddan idishga kiritilmasligini” bildirgan.

“Hozirgi kunda plastik zarralarni yutish inson salomatligi uchun muammo tug‘dirishiga oid ilmiy dalillar yo‘q”, deya ta’kidlagan qilgan Coca-Cola kompaniyasi.