$
 12606.73
49.17
 14849.47
40.34
 159.86
0.42
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

UzAuto Motors Cobalt uchun navbatdagi sotuv jarayonini boshladi

Cobalt Кобалть

Kuni kecha UzAuto Motors kompaniyasi o‘zining rasmiy sahifasi orqali Chevrolet Cobalt avtomobili xaridi uchun avvalgi kontraktatsiya natijalariga ko‘ra, to‘lovi o‘z vaqtida amalga oshirilmagan, shu jumladan bekor qilingan hajmlar bo‘yicha shartnomalarga navbatdagi kontraktatsiya ochilishini ma’lum qilgandi.

Sotuv jarayoni

Sotuv jarayoni 5-iyul, juma kuni soat 10:00 dan e’tiboran boshlanishi ma’lum qilingan. Bunda xarid shartnomasi faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali tuziladi. Shuningdek, kompaniyaning ma’lum qilishicha, Telegram-bot hamda UzAvtosavdo ilovasi navbatni kuzatish xizmatini va mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi. 

Qimmatbaho avtomobillari xaridini osonlashtirish

Ma’lumot uchun, kompaniya avvalroq Tahoye, Traverse, Equinox, Malibu, Captiva, Tracker va Onix modellari uchun uzoq muddatli xarid tizimini joriy qilmoqchi ekanligin ma’lum qilgandi. Bunda boshlang‘ich to‘lov 15 foiz, yillik foiz stavkasi esa 16,99 bo‘ladi. Muddat esa 60 oy etib belgilanishi, avtomobilni bir vaqtning o‘zida bir nechta banklar ko‘magida sotib olish imkoniyati borligi aytilgan edi. Ushbu banklar: "Ipak Yo‘li Banki", "InfinBANK" hamda "Biznesni Rivojlantirish Banki" (BRB).