$
 12047.45
26.55
 14099.13
110.41
 151.90
-3.59
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyaga eksport qilingan Cobalt’lar mamlakat bozorlarida qanday narxda sotilmoqda?

Cobalt

Rossiya Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet Cobalt sedanini parallel import orqali yetkazib berishni davom ettirmoqda. Bu haqda “Avtonovosti dnya” xabar berdi.

Boshlang‘ich narxi –  1,57 million rubl

Uning boshlang‘ich narxi 1,57 million rublni ($15,9 ming) tashkil etadi. Nashrning taʼkidlashicha, bu Rossiyaning eng oddiy jihozlangan Lada Vestaʼsining narxidan 5 ming rubl arzonroq. Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada Chevrolet Cobalt Vesta, Rio, Solyaris va B segmentidagi boshqa odatiy modellar o‘rniga tez-tez sotib olinadi.

Eng qimmat narx – 1,85 million

Eng arzon mexanik uzatmali Cobalt LT komplektatsiyasi Orenburgdagi xususiy avtosalonda sotilmoqda. Xabarovskda esa aynan shu model, biroq avtomatik uzatmalar qutisi bilan 30 ming rubl qimmatroq narxda taklif etilmoqda.

Voronej, Tyumen va Lipetskda oʻzbek Cobalti uchun 1,78 milliondan 1,85 million rublgacha ($18–18,8 ming atrofida) narx soʻralmoqda.

O‘zbekistonda narxlar qanday?

Dekabr oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya hududida Chevrolet Onix 1,9 milliondan ikki mln. rublgacha ($18-$19 ming) turadi. Chevrolet Cobalt narxi esa 1,8 mln. rubldan ($17 ming) boshlangan.

Oʻzbekistonda Chevrolet Onix avtomobilining rasmiy narxlari 161,9 mln. soʻmdan ($13 ming) boshlanadi. Chevrolet Cobalt GX-Style AT Plus uchun esa 147,9 mln. soʻm ($11,5 ming) toʻlash kerak. Taqqoslash uchun, Chevrolet Cobalt Midnight komplektatsiyasi vatanida 155,2 mln. soʻm ($12 ming) ga sotiladi.

Теги :
Jamiyat