Yangi Cobalt Midnight modeli hozirgisidan 7,3 million so‘m qimmat narxda sotiladi
Yangi modifikatsiya Cobalt modelining hozirgi mavjud modifikatsiyalari bilan birgalikda ishlab chiqariladi. Yangi model qachon sotuvga chiqarilishi hozircha noma’lum.
1 daqiqa o‘qiladi

Faralari, orqani ko‘rsatuvchi oynalari va diskalari qoraytirilgan Cobalt’ning narxi 155,2 mln so‘mdan yoki hozirgisidan 7,3 mln. so‘m qimmat narxda sotiladi. Bu haqda UzAutoMotors matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi model Cobalt’ning mavjud modifikatsiyalari bilan birga ishlab chiqariladi
Ma’lum qilinishicha, Asaka avtomobil zavodida Chevrolet Cobalt Midnight avtomobili ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Yangi modifikatsiya Cobalt modelining hozirgi mavjud modifikatsiyalari bilan birgalikda ishlab chiqariladi.
Birinchi bosqichda yangi modifikatsiya tashqi ko‘rinishini yaxshilovchi detallari bilan ajralib turadi, ularga qoramtir tusdagi yoritish tizimi va g‘ildirak disklar kiradi. Keyingi bosqichlarda esa interyer qismi bo‘yicha qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritiladi.
Mavjud modelda narxlar o‘zgarmaydi
Cobalt avtomobilining yangi modifikatsiyasi hozirgi mavjud modifikatsiyadan 7,3 million so‘mga farq qiladi. Shu bilan birga, mavjud modifikatsiyaning ishlab chiqarilishi va sotuvi davom etadi, uning narxi esa o‘zgarishsiz qoladi (Cobalt GX-Style ATPlus - 147 916 000 so‘m).
Sotuvlar boshlanishi haqida qo‘shimcha ma’lumot keyinchalik e’lon qilinadi.



