$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Joriy yilning 9 oyida ham Cobalt avtobozorda birinchilikni saqlab qoldi

cobalt

O‘zavtosanoat mahalliy avtomobilsozlik bo‘yicha 9 oylik statistikani e’lon qildi. https://t.me/uzauto_official/3082 Unga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-sentyabr oylari davomida O‘zbekiston avtomobil bozori yirik ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Jami 303 373 dona avtomobil sotilgan.

Bozorning asosiy o‘yinchilari

•  UzAuto Motors: 271 221 dona avtomobil sotilgan, ya’ni bozorning 89,4% ulushiga ega.

•  ADM Jizzakh: 19 766 dona sotuv bilan bozorning 6,5% ni egallagan. Ma’lumot uchun, u Kia, Chery, Haval va Hyundai kabi xalqaro brendlarning avtomobillarini O‘zbekistonda yig‘adi. 

•  BYD Uzbekistan Factory: 11 580 dona avtomobil sotib, bozorning 3,8% ulushiga erishgan. BYDning eng ko‘p sotilgan modeli – BYD Song Plus Champion (4 668 ta).

Keyingi o‘rinlarda Jizzakh Avto (328 dona), Asaka Motors (284 dona), va SamAuto (194 dona avtomobil) joylashgan, ularning har biri 0,1 foiz ulushga ega.

Brendlar bo‘yicha esa sotuvlar quyidagicha:

• Chevrolet: 271 221 dona;

• KIA: 12 549 dona;

• BYD: 11 580 dona;

• Chery: 5 478 dona;

• Haval: 1 739 dona;

•  Jetta: 228 dona;

•  Isuzu: 194 dona;

•  Exeed: 132 dona avtomobil sotgan.

Qaysi modellar eng ko‘p sotilgan?

O‘zbekistonda 2024-yilning o‘tgan 9 oyida quyidagi avtomobillar eng ko‘p sotilgan:

Chevrolet Cobalt: 99 577 dona;

Chevrolet Damas: 71 875 dona;

Chevrolet Tracker: 31 736 dona;

Chevrolet Onix: 26 129 dona;

Chevrolet Labo: 19 862 dona sotilgan.

Bir yillik solishtiruv

2023-yilning yanvar-sentyabr oylari bilan 2024-yilning mos davrlari solishtirilganda, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida sezilarli o‘sishlar qayd etilgan. Chevrolet Cobalt 2023-yilning mos davrida 76 512 dona ishlab chiqarilgan bo‘lib, bir yilda sotuv 30,1% ga o‘sgan

Boshqa modellarga keladigan bo‘lsak:

•  Chevrolet Damasning sotuvlari 2023-yildagi ishlab chiqarish hajmiga nisbatan 19,7% ga o‘sgan.

•  Chevrolet Trackerda 12,3% lik o‘sish kuzatilgan.

•  Chevrolet Onix sotuvlari esa 2023-yilga nisbatan 18,3% ga ko‘paygan.

•  Chery brendi biroz pasayish bilan, sotuv hajmi 2023-yilga nisbatan 25,3% ga qisqargan.

Cobalt estafeta tayoqchasini 4 yildirki bermay kelayotir

Chevrolet Cobalt 2012-yilda O‘zbekiston bozoriga kirib kelganidan beri talabgor avtomobillar qatoridan joy olgan. Ma’lumot uchun, u 2020–2024-yillar davomida mamlakatda eng ko‘p sotiladigan model sifatida yetakchilikni saqlab kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 9 oyida 59 252 dona Cobalt sotilgan bo‘lsa, 2021-yilning mos davrida 43 ming 316 dona ishlab chiqarilgan. 2022-yilda bu ko‘rsatkich yanada oshib, 69 816 donaga yetdi, 2023-yilda esa 76 512 dona ishlab chiqarilib, yana bir rekord qayd etilgan edi.