Dushanba, 26-oktabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +6° kechasi +6°

Sigaretalar uchun yangi reglament tasdiqlandi

Hukumat 2025-yildan kuchga kiradigan qarorni qabul qildi.

1 daqiqa o‘qiladi

tamaki sigaret sigara

Hukumat 2025-yildan kuchga kiradigan qarorni qabul qildi.

Hukumat qarori

2024-yil 18 may kuni hukumatning “Tamaki mahsulotlari uchun texnik reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 290-son qarori tasdiqlandi. Unga ko‘ra, endilikda sigareta mahsulotlari uchun maxsus texnik reglament kuchga kiradi. Ushbu qonun loyihasi 2025-yildan boshlab amal qiladi.

Reglament mazmuni

Texnik reglament:

-    eksport qilishga yoki respublika hududi orqali tranzit uchun mo‘ljallangan;

-    yuridik shaxslar tomonidan ko‘rgazmali namunalar, sinovlar uchun namunalar sifatida sotish maqsadisiz olib kirilgan;

-    jismoniy shaxslar, jumladan, chet el fuqarolari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish va keyinchalik sotish maqsadisiz olib kirilgan tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalariga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Shuningdek:

-    xomashyo va ingrediyentlar;

-    tashish va saqlash;

-    ishlab chiqarish;

-    qadoqlash;

-    tibbiy ogohlantirishlarga talablarni belgilaydi.

Tibbiy ogohlantirishlar bo‘ladi

Hujjat tamaki mahsulotlari uchun kimyoviy va mikrobiologik moddalar miqdorining yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori darajalarini belgilaydi. Bundan tashqari, tamaki mahsulotlarining o‘ramida joylashtiriladigan tibbiy ogohlantirishlar namunalari tasdiqlanmoqda.