$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

Chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari uchun QQSning 50 foizi qaytariladi

Chorvachilik

O‘zbekistonda chorvachilik va parrandachilik sohalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi chora-tadbirlar belgilandi. Prezidentning “Chorvachilik va parrandachilikni qo‘llab-quvvatlash, sohaga yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-apreldan 2028-yil 1-yanvargacha chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari tomonidan to‘langan QQSning 50 foizi har oyning 25-sanasiga qadar qaytariladi.

2025-yilda chorvachilik va parrandachilik bo‘yicha aniq rejalar tasdiqlandi

Sohani yanada rivojlantirish uchun 2025-yilda go‘sht va sut ishlab chiqarish hajmining prognoz ko‘rsatkichlari belgilandi. Parrandachilik yo‘nalishida parranda go‘shti va tuxum yetishtirish hajmini oshirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, hududlarda parrandachilik kooperatsiyasi tizimi joriy etilib, aholining bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq ko‘rsatkichlar ishlab chiqildi.

Parrandachilik sohasida 1 million kishiga ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda

Mamlakatda “Parranda boqish – daromad topish” loyihasi amalga oshiriladi. Ushbu loyiha kooperatsiya tizimi asosida 1 million kishini ish bilan ta’minlash imkonini beradi. Parrandachilik xo‘jaliklari zamonaviy texnologiyalar va tizimli yondashuv asosida mahsulot yetishtirishni kengaytiradi. 

Naslchilik korxonalariga soliq imtiyozlari 2028-yilgacha uzaytirildi

Naslchilik xo‘jaliklari uchun soliqlarning 50 foiz kamaytirilgan stavkada to‘lanishi belgilandi. Ularning asosiy faoliyati bo‘yicha foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanish solig‘i 2028-yil 1-yanvargacha imtiyozli tartibda hisoblanadi. 

Теги :
Jamiyat