$
 12035.22
21.82
 13915.12
84.09
 167.95
4.08
weather
+26
Кечаси   +14°

Yoz uchun ajoyib tadqiqot: Chivinlarning “oʻlja”lari kimlar?

Pashsha

Olimlar chivinlar koʻproq qaysi toifadagi odamlarni chaqishi ustida tadqiqot oʻtkazishdi. Bu haqda Oyina nashri xabar berdi.

Chivinlar odam tanlashi tasodif emas

Tabiatning ayrim sirlari borki, ularning tagiga yetish qiyin. Isbotlanganlari esa kishini hayratga soladi. Masalan, chivinlarni olaylik. Ular garchi ongsiz koʻrinsa-da, ammo harakat jihatidan aqlsizga oʻxshamaydi. Gap bu yerda ularning chaqish yoki chaqmasligida ketmoqda. Chivinlar baʼzi odamlarning qoniga tashna boʻladi. Ayrim odamlarni esa chaqmaydi. Olimlarning taxminiga koʻra, bu shunchaki tasodif emas ekan.

Qaysi toifalar?

Toʻgʻri, olimlar aniq sababni koʻrsatolmaydi, ammo izlanishlariga tayangan holda baʼzi farazlarni ilgari surishadi.

Ularning gipotezalariga koʻra, quyidagi toifaga kiruvchi odamlar chivinlarning asosiy “oʻlja”si hisoblanar ekan:

-      Karbonat angidrid chiqaradiganlar (Bu toifaga kiradiganlar – katta yoshdagilar, homilador ayollar, shuningdek, jismoniy mehnat bilan shugʻullanadilar);

-      Juda koʻp terlaydiganlar;

-      Alkogol mahsulotlarini isteʼmol qiluvchilar;

-      I qon guruhiga mansub odamlar;

-      Terisida bakteriyalari kam odamlar (yaʼni nihoyatda toza boʻlib yuradiganlar);

-      Ayollar;

-      Shoʻr, achchiq, va kaliyga boy taomlarni isteʼmol qiluvchilar.

Теги :
Jamiyat