$
 12967.00
11.74
 13352.12
25.04
 126.49
0.05
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonning 5 ta hududida chiqindi to‘lovi yana oshadi

Chiqindi

O‘zbekistonning 5 ta hududida chiqindi xizmatlari uchun yagona to‘lov ta’riflari oshirildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qarshi shahrida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Ekologiya vazirligi.

Qayerda qancha?

Bu davlat rahbarining “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va “Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.