Juma, 23-oktabr, 2026
Havo 73 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +8°

Samarqandda 7 yoshli “haydovchi” ikkita ukasi bilan "sayr"ga chiqdi

Surishtiruvda skuter boshqarayotgan qizaloqning ukalari 5 va 2 yoshda ekani ma’lum bo‘lgan.

1 daqiqa o‘qiladi

s 6 25

Samarqand viloyatida skuterda katta yo‘lda harakatlanib ketayotgan 7 yoshli qizaloq va uning ikki nafar ukasi YHXB xodimlari tomonidan ota-onasiga sog‘-omon topshirildi.

Voqea 23-iyun kuni sodir bo‘lgan 

Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha (https://t.me/samyhxb/21919), hodisa 2024-yil 23-iyun kuni Samarqand tumani hududida sodir bo‘lgan.

YPX xodimlari M-37A xalqaro avtomobil yo‘li bo‘ylab o‘z xizmat manziliga ketayotganda yosh qizalok ikki nafar ukasini mindirib olgan holda skuter boshqarib ketayotganini ko‘rib qolishgan.

5 va 2 yoshli ukalar

So‘ng qizaloqlarning manzilini aniqlab, ularni ota-onasiga olib borib topshirishgan. Surishtiruvda, skuter boshqarayotgan qizaloq 7, ukalari esa 5 va 2 yoshda yoshda ekani ma’lum bo‘lgan.

“Hurmatli ota-onalar, turli transport vositalarini qarovsiz qoldirmang, voyaga yetmagan bolalarga skuter yoki boshqa transportlarni boshqarishga bermang”, deyiladi xabarda.