Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +20° kechasi +9°

Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni yana mag'lub qildi

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Polsha poytaxti Varshava shahrida dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsenga qarshi dona surdi.

1 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi mag'lub etildi

Polsha poytaxti Varshava shahrida "Superbet Poland 2024" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Bugun oqshomda musobaqaning blits yo‘nalishidagi o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 3-turda dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsenga qarshi dona surdi. Ushbu o‘yinda Nodirbek Karlsenni mag‘lub etdi. Magnus mag‘lubiyatdan so‘ng hissiyotlarini jilovlay olmadi. 

Musobaqa natijalari

11-may kungi blits bahslarida Nodirbek Magnus Karlsen, Kirill Shevchenko va “Nomzodlar turniri” g‘olibi Gukeshni mag‘lub etdi. Vinsent Keymer va Anish Giriga qarshi o‘yinlarda durang qayd etdi. Yan-Kriztof Duda, Arjun Erigaisi, Pragnanandha va Vey Yi kabi shaxmatchilarga esa mag‘lub bo‘ldi. Ertaga blits yo‘nalishidagi bahslar davom ettirilishi rejalashtirilgan.