$
 12916.18
-13.74
 13523.24
26.99
 147.60
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
woodtech

O‘zbekiston chegarasidagi 10 kunlik tekshiruv sabab Qozog‘istondan olib kirilayotan 3 ming tonnaga yaqin kartoshka chirib qoldi

kartoshka

Qozog‘istonning Pavlodar shahridan kelayotgan kartoshka ortilgan vagon tekshiruv ishlari yuzasidan O‘zbekiston bilan chegarada 10 kun ushlab qolingani oqibatida chiriy boshlagani aniqlandi. Bu haqda KTK xabar berdi.

10 kunlik tekshiruv

Manbaga ko‘ra, “Sariyog‘och” stansiyasida kartoshka yuklangan 43 ta vagon to‘xtatilgan. Yanvar oyida tadbirkorlar uni O‘zbekistonga sotishgan va yuk xaridorga jo‘natilgan. Chegarada u fitosanitariya tekshiruvi uchun to‘xtatilgan va sabzavot 10 kundan ko‘proq vaqt davomida vagonda qolib ketgan. Buning oqibatida kartoshka dastlab muzlagan, keyin esa erigan va chiriy boshlagan. 

Tadbirkor qancha zarar ko‘rdi?

Tadbirkorlardan biri Nursulton Ormanov 43 ta vagondan 3 tasi unga tegishli ekani va chirigan kartoshka sabab 60 million tenge (taxminan 1 milliard 503 million so‘m) yo‘qotganini, hujjatlar yanvar oyining o‘rtalarida — eksport taqiqlanishidan oldin rasmiylashtirilganini ta’kidlagan.

"Bir vagonda 68 tonna bor. Ammo undan endi foydalanib bo‘lmaydi! Bunday kartoshkani hayvonlarga ozuqa sifatida ham ishlatib bo‘lmaydi", deydi yana bir tadbirkor Azamat Serikboyev.

Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi esa yuklar ortilgan vagonlar zarur ko‘rikdan o‘tganini va ularning yo‘lida davom etishi uchun hech qanday to‘siq topmaganini ta’kidlamoqda.

Kechikkan ruxsatnoma

"Bugungi kunga kelib, mening ma’lumotlarimga ko‘ra, tekshirish ishlari yakunlangan. Kerakli ma’lumotlar aniqlandi. Hozirda vagonlarning keyingi harakati uchun hech qanday to‘siq yo‘q. Shu bois eksportga mo‘ljallangan 43 ta vagon chegaradan o‘tishi mumkin", deydi Qozog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Yerbol Tasjurekov

Biroq, tadbirkorlar endi bunday kechikkan ruxsatnomaga muhtoj emas. Zarar ko‘rayotgan beshta kompaniya vakillari mansabdor shaxslarni sudga berish niyatida ekanini aytmoqda.

Теги :
Jamiyat