$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Bir tomonda bunyodkor, bir tomonda esa…

ark buxoro

Buxoroning turistik salohiyatini rivojlantirish maqsadida “Boqiy Buxoro” madaniy, etnografik parki qurilayotgan bir paytda ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroning ramzi bo‘lgan “Ark” tarixiy obidasining kuchli shamolda qulab tushgan tunuka tomlari tasvirlangan rasm videolar tarqaldi.

“Marosimxona” va “Muhammad Rahimxon” mehmonxonasi

Kuchli shamol va yomg‘ir ta’sirida “Ark” qal’asining “Muhammad Rahimxon mehmonxonasi” hovlisi hamda “Marosimxona” ayvonining tom qismi tunuka qoplamalari ko‘chib ketib, ob’yektning ichki hududiga kelib tushgan.

Restavravratsiya ishlari boshlandi

Voqea sodir bo‘lgan joyda Buxoro viloyati Madaniy meros boshqarmasi, Buxoro shahar Favqulotda vaziyatlar bo‘limi, Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi hamda muzey-qo‘riqxona xodimlari tomonidan hamkorlikdagi tezkor chora-tadbirlar tashkil etilib, hududni tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.

Ayni paytda, Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazining usta-restavratorlari tomonidan zarar ko‘rgan tom qoplamalarini qayta ta’mirlash va tiklash ishlari boshlanib, yaqin kunlarda barcha nosozliklar to‘liq bartaraf etilishi ta’minlanadi.

“Boqiy Buxoro” masalasi

Bundan bir necha muddat oldin saytiimizda anchagina muhokamaga sabab bo‘lgan “Boqiy Buxoro” haqidagi tahliliy maqola joylangan edi. Unga ko‘ra, viloyat hokimi loyiha dastlabki rejalashtirilgan hududda – Buxoro shahar markazidagi 32,6 gektar hududda qurilishini e’lon qilgan edi. Bu yerda joylashgan davlat obektlari esa “Bukhara city” hududiga ko‘chirilib, ma’muriy markaz barpo etiladigan bo‘gan. Undagi 32,6 gektar yer uchastkasini sotishdan tushgan mablag‘lar alohida g‘azna hisobiga yo‘naltirilib, yangi ma’muriy markaz qurilishiga sarflanishi aytilgan. Hozirda esa ushbu hududda buzish ishlari boshlanib yuborilgan.

Shuningdek, “Boqiy Buxoro” hududida etnografik muzey, Buxoro vohasi uchun xos bo‘lgan tarixiy mahallalar, aholi uchun xizmat ko‘rsatuvchi choyxonalar va milliy taomlar tamaddixonalari, an’anaviy drenaj tizimlari – ariq va hovuzlar, hunarmandlar rastalari, zargarlik, zardo‘zlik, kashtachilik, yog‘och o‘ymakorligi, temirchilik, kulolchilik, naqqoshlik, pichoqchilik kabi amaliy san’at ustaxonalari o‘rin olishi rejalashtirilgan.