$
 12640.21
-49.76
 13559.15
1.19
 137.02
-0.18
weather
+26
Кечаси   +14°

Buxoroning boqiyligini “o’ldirayotgan” “Boqiy Buxoro”

boqiy buxoro

2023-yili mashmashasi boshlangan “Boqiy Buxoro” loyihasi uchun ajratiladigan summa miqdori belgilandi.

Markaziy stadion buzilishi

2023-yil yanvar oyida Buxoro shahri markazida turistik majmua qurilishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Loyihaga ko‘ra, buning uchun Ibrohim Mo‘minov, Hamza va Xofiz Tonish ko‘chalari kesishmasida joylashgan 32,6 gektar hududdagi binolar, xususan markaziy stadion ham buzib tashlanishi ko‘zda tutilgandi. O‘z navbatida, Buxoroning yangi ma’muriy markazi Gulchorbog‘ va Otbozor mahallalari hududida tanlangan 1000 gektar yerda qurilishi, unga davlat tashkilotlari joylashtirilishi kerak edi.

Tinchigan mojaroning, tinchimas ishlari

Shundan so‘ng, aholi “Hamma sharoit turistlarga, Buxoro xalqi-chi” degan asnoda keng e’tirozlar bildirgan edi. Jamoatchilik e’tirozlaridan keyin turistik markaz loyihasi to‘xtatilgandi.

Uzoq vaqtlik tanaffusdan keyin, shu yilning 31-martida viloyat hokimi Botir Zaripov boshchiligida “Boqiy Buxoro” loyihasini amalga oshirishga qartilgan anjuman uyushtirdi. Ajablanarlisi, hokimlik bo’lib o’tadigan matbuot anjumani haqida 30 daqiqa oldin jamoatchilikka e’lon qilgan.

Hokimning keskin qarori

Anjumanda viloyat hokimi loyiha dastlabki rejalashtirilgan hududda – Buxoro shahar markazidagi 32,6 gektar hududda qurilishini e’lon qildi. Bu yerda joylashgan davlat obektlari esa “Bukhara city” hududiga ko‘chirilib, ma’muriy markaz barpo etiladigan bo‘ldi. Undagi 32,6 gektar yer uchastkasini sotishdan tushgan mablag‘lar alohida g‘azna hisobiga yo‘naltirilib, yangi ma’muriy markaz qurilishiga sarflanishi aytilgan.

“Bu yer turistlar uchun juda yaqin, piyoda boradi. Uzukka ko‘z qo‘ygandek. Buni 3 oy o‘yladik. 10 km naridan qurishimiz mumkin, ammo turist men bu joyga bormayman deydi. Bu yerda mehmonxonalar bor, piyoda ark, somoniylar maqbarasi, ko‘l, Minorai Kalonni aylanib kelib, Abdullaxon madrasalaridan o‘tib, eski shahar “Kolxoz” bozorni ko‘radi”, – degan fikrlar bildirgan Botir Zaripov matbuot anjumanida.

Stadion masalasi

Loyihaning birinchi e’lonidan keyin buxoroliklar Buxoro markaziy stadionini saqlab qolishni so‘rab prezidentga murojaat yo‘llagan edi. Anjumanda hokim ushbu masalaga ham to’xtalib o’tgan. Unga ko‘ra, 20 ming kishilik yangi markaziy stadion Buxorodagi 6-mikrorayon hududida qurilishini aytib, 5-6 gektar yer avtoturargohlar uchun ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Eng qizig‘I, 31-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan anjumanga stadionda faoliyat yurituvchi trenerlar kiritilmagan. Bu haqda anjuman vaqtida “Potribetel Buxara” nashri jurnalisti Uchqun Tursunov ma’lum qilib, qo‘riqchilardan norozi ekanini aytgan edi.

“UNESCO” munosabati

O‘sha paytda YuNeSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi turistik majmua qurish uchun tanlangan joyni qo‘llab-quvvatlamagan. Bu joy Buxoro tarixiy markazining bufer zonasida joylashgani sababli, bu hududdagi har qanday yirik loyihalar YuNeSKO bilan va mahalliy qonunchilikka ko‘ra, Madaniy meros agentligi bilan majburiy tartibda oldindan kelishilishi zarur. 2024-yil ferval oyida esa Butunjahon merosi markazi hukumat hali bu loyiha uchun YuNeSKOdan ruxsat olmaganini ma’lum qilib, O‘zbekiston rasmiylarini tarixiy shaharning bufer zonasidagi loyiha bo‘yicha zudlik bilan xabar berishga chaqirgan.

Tasdiqlangan loyiha investitsiyasi

Hozirda esa “Boqiy Buxoro” etnografik parki qurilishi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan 2024 yil 1-choragi bo‘yicha investitsiya dasturiga kiritildi. Unga ko‘ra, park 2024-2026 yillarda 470 mln. dollar (qariyb 5,87 trillon so‘m)ga quriladi. Shundan 14,9 mln dollarlik investitsiya 2024 yilning 1-choragida kiritilishi ko‘rsatilgan.

Loyihani amalga oshiruvchi kompaniya qaysi?

Hujjatda loyihani Singapur kompaniyasi amalga oshirishi qayd etilgan bo‘lib, kompaniya nomi ko‘rsatilmagan: jadvalning “xorijiy hamkor / kreditor” ustunidagi tegishli qatorda faqat “PTE Ltd” deb yozilgan, bu – mas’uliyati cheklangan xususiy shirkatni anglatadi. Kun.uz nashrining yozishicha, katta ehtimol bilan bu shirkat – Singapurda ro‘yxatdan o‘tgan Enter Engineering. Bunga sabab Buxoro viloyati bosh arxitektori Zuhriddin Muhiddinov bu kompaniya “Boqiy Buxoro” majmuasining asosiy investorlaridan biri ekanini tasdiqlagan.

“Boqiy Buxoro”da nimalar bo‘ladi?

Ma’lum bo‘lishicha, park hududidan etnografik muzey, Buxoro vohasi uchun xos bo‘lgan tarixiy mahallalar, aholi uchun xizmat ko‘rsatuvchi choyxonalar va milliy taomlar tamaddixonalari, an’anaviy drenaj tizimlari – ariq va hovuzlar, hunarmandlar rastalari, zargarlik, zardo‘zlik, kashtachilik, yog‘och o‘ymakorligi, temirchilik, kulolchilik, naqqoshlik, pichoqchilik kabi amaliy san’at ustaxonalari o‘rin oladi.