Yakshanba, 18-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +13° kechasi +11°

O‘zbekistonga BRICSdan qanday naf bor?

Bugun tongda prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 23—24-oktyabr kunlari BRIСS birlashmasi davlatlarining sammitida ishtirok etish uchun Qozon shahriga jo‘nab ketdi.

3 daqiqa o‘qiladi

Putin va Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun tongda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 23—24-oktyabr kunlari BRICS birlashmasi davlatlarining sammitida ishtirok etish uchun Qozon shahriga jo‘nab ketdi. 

Prezidentning rejalari

Davlat rahbarining Rossiya tomoni raisligida o‘tkaziladigan “BRICS plyus” formatidagi yalpi sessiyada nutq so‘zlashi rejalashtirilgan. Uchrashuv kun tartibidan inklyuziv va barqaror taraqqiyotni ta’minlash maqsadida xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan bo‘lib, u yerda global siyosatning dolzarb jihatlari muhokama qilinadi. Bundan tashqari, tashrif dasturida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. 

BRICS haqida

BRICS bu Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika davlatlar nomining qisqartmasi. 2006-yilda tashkilot to‘rtta a’zo bilan boshlangan edi. Unga Janubiy Afrika 2010-yilda qo‘shildi. Bu yil esa BRICSga yana beshta yangi a’zo qo‘shildi: Misr, Efiopiya, Eron, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari. Ularning barchasi ham bu yil BRICSga qo‘shildi. Shunday qilib, endilikda BRICSda 10 a’zo bor va kelajakda yanada ko‘proq a’zolar qo‘shilishi mumkin. Hozirgi kungacha 30 ta davlat shu jumladan O‘zbekiston BRICS bilan turli darajada hamkorlik qilish istagini bildirgan, va ushbu tashkilot faoliyatida ishtirok etishni xohlagan.

Tashkilotning qudrati

BRICS davlatlarining umumiy yalpi ichki maxsuloti 60 trillion dollardan oshib ketadi, bu jahon iqtisodiyotining 37 foizini tashkil etadi. Aslida, bu ko‘rsatkich G7 mamlakatlarinikidan ham ortiqroq. BRICS dunyoning 20 foiz eksportni nazorat qiladi. Neftga boy davlatlar qo‘shilishi bilan, endi u dunyoning 44 foiz neftini ishlab chiqaradi. Demak, BRICS katta kuchga ega.

Qozondagi yig‘ilish 

Joriy yig‘ilish o‘zining “yuqori” tarkibi bilan avvalgilaridan farq qilishi kerak – unda turli mamlakatlarning 24 nafar yetakchisi, jumladan, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti ishtirok etadi. “Deutsche Welle” nashrining yozishicha, Rossiya hukumati tashkilotga qiziqish ortib borayotganiga ishontirmoqda – 34 davlat “turli shakllarda" hamkorlikni e’lon qildi, jumladan MDH, Afrika, Janubiy Amerika va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari. Sammitda blokni BRICS+ formatida kengaytirish masalasini muhokama qilish rejalashtirilgan, bu esa ushbu tashkilotning iqtisodiy va siyosiy ahamiyatini oshiradi.

Briks yangi ishtirokchilar uchun qanchalik manfaatli?

Rossiya Oliy Iqtisodiyot maktabi professori Evgeniy Koganning fikricha, BRICS yangi davlatlar bilan o‘sib bormoqda, ammo tashkilot Rossiyani xalqaro sanksiyalardan himoya qilishga deyarli tayyor emas. Uning eslatishicha, BRICS tomonidan yaratilgan Taraqqiyot bankining o‘zi 2022-yilda Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilgan. ”Bundan tashqari, tashkilot yangi dunyo tartibini shakllantirishga da’vo qila olmaydi. BRICS davlatlarining umumiy aholisi taxminan 3,5 milliard kishini (sayyora aholisining 45 foizini) tashkil etsa ham, ularning jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 37,3 foizni tashkil qiladi. Yangi dunyo tartibi haqida gapirishga hali erta”, deb hisoblaydi u. Shu bilan birga, uning fikricha, rivojlanayotgan davlatlar ham BRICS, ham BRICS ko‘prigi tizimida ishtirok etishdan AQSH bilan mafkuraviy tafovutlar tufayli emas, balki iqtisodiy sabablarga ko‘ra manfaatdor bo‘lishi mumkin. ”Hatto Qo‘shma Shtatlarni bezovta qilish usuli sifatida emas, balki haqiqatan ham tez to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati sifatida”, deb yozadi iqtisodchi.