Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +20° kechasi +9°

Poraga qo’shib vijdonni ham yegan shifokor

Buxorolik shifokor nogironligi bo‘lgan shaxsdan pora olmoqchi bo‘lgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Poraga qo’shib vijdonni ham yegan shifokor

Buxorolik shifokor nogironligi bo‘lgan shaxsdan pora olmoqchi bo‘lgan.

Nogironni chuv tushirgan "shovvoz"

Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro viloyatining Jondor tumani tibbiyot birlashmasida rentgenolog shifokor U. N. nogironligi bo‘lgan bemor R.Ch. ni aldab, o‘zining tanishlari orqali bemorga unga kerakli bo‘lgan, nogironlik nafaqasiga chiqish uchun kerakli hujjatlarini tayyorlab berishini aytgan.

U bu ish evaziga nogiron shaxsdan 200 dollar miqdorida pora talab qilgan.

Poraga qo‘shib vijdonini yegan shifokor

Bemordan talab qilgan pulni u to‘lay olmasligini va bunga sharoiti yetmasligini tushuntirishgan uringan, ammo shifokor pulni bermayotganligi sababli nogironning qonuning bo‘lgan talabini paysalga solib kelgan.

Bu ishlardan juda charchagan bemor axiyri Buxoro viloyati IIB ga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

Poraning o‘rniga kishanlarni oldi

Buxoro viloyati IIB va Jondor tumani IIB xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, poraxo‘r shifokor Tibbiyot birlashmasiga qarashli poliklinikaning ma’muriy binosida talab qilgan pullarini olish chog‘ida qo‘lga olindi va pullar o‘rniga "qo‘shbilaguzukni oldi". 

Qonuniy jazo

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.