$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

Buxoroda ayol tuzlamadan zaharlanib, vafot etdi

tuzlama

Bugun, 1-fevral kuni Buxoro viloyati Shofirkon tumanida 2 yillik pomidor konservasini iste’mol qilgan ayol vafot etdi. Bu haqda tuman hokimiyati matbuot xizmati xabar berdi. 

Bir oiladan 4 kishi zaharlangan

Qayd etilishicha, Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasiga 11-yanvar kuni bir oiladan 4 nafar shaxs sog‘ligidagi yomon o‘zgarishlar sabab murojaat qilib kelgan. 

Ushbu fuqarolardan olingan tekshiruv natijalariga ko‘ra, ular botulizm kasalligiga chalingani aniqlangan. 

“Ularga viloyatning malakali mutaxassislari tomonidan muntazam ravishda kerakli amaliy yordam ko‘rsatilgan”, deyiladi xabarda. 

Bemorlar taqdiri qanday boʻldi?

Davo muolajalaridan so‘ng, oilaning 3 nafar a’zosi sog‘lig‘ida ijobiy o‘zgarishlar yuz bergan va mutaxassislar tomonidan uylariga ketishiga ruxsat berilgan. 

Biroq bemor I.Sh.da tuzlamadan ko‘proq iste’mol qilgani, kasallik alomatlari og‘ir kechishi oqibatida ko‘rsatilgan reanimatsion chora-tadbirlarga qaramasdan biologik o‘lim holati sodir bo‘lgan.

Теги :
Jamiyat