Yakshanba, 25-oktabr, 2026
Havo 77 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +6°

Chempionlik kamarimni saqlab qolaman — Isroil Madrimov

O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Isroil Madrimov Terens Kroufordga qarshi tarixiy jang oldidan intervyu berdi.

2 daqiqa o‘qiladi

Chempionlik kamarimni saqlab qolaman — Isroil Madrimov

O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Isroil Madrimov Terens Kroufordga qarshi tarixiy jang oldidan intervyu berdi.

"Orzuim P4P reytingiga kirish"

"Hayotim 100 foizga o‘zgarib ketdi. Bundan 6-yil oldin professional boksdagi faoliyatimni boshlagandim va bu onlarni o‘shandan beri kutaman. Orzuim va maqsadim dunyoning eng zo‘rlari bilan jang qilish va bu orqali P4P reytingiga kirish. Men yaxshi tayyorgarlik ko‘raman va nasib qilsa, chempionlik kamarimni o‘z qo‘limda saqlab qolaman", — dedi Isroil Madrimov

"Bu jang hamyurtimizga jahon boksida superyulduz bo‘lib olish uchun xizmat qiladi"

Avvalroq ushbu jang haqida o‘zbekistonlik taniqli Sport sharhlovchisi Davron Fayziyev ham o‘z fikrlarini bildirgandi. "(Madrimov) O‘zining yaxshi sport formasiga kirib oldi. Terensdan yosh, bu ham muhim jihatlardan biri. O‘ziga yarasha plyuslarimiz ko‘p. Tezlik va jismoniy tomonlama ustunlik Krouford tomonda. Terensning birgina ustunligi uning yillar davomida to‘plagan boy tajribasida bo‘lishi mumkin. U katta janglarni ko‘rgan, balki shu tomondan jangda biroz ustunlikka ega bo‘lar. Ammo umumiy qilib olganda baribir Isroil Madrimovda plyuslar ko‘proq ko‘rinyapti. Magomed Kurbanovga qarshi kechgan chempionlik jangi Isroilni ulg‘ayganini ko‘rsatdi. Bu jang hamyurtimizga jahon boksida superyulduz bo‘lib olish uchun xizmat qiladi. Buni uning o‘zi ham tushunib turibdi", deya fikr bildirgan Davron Fayziyev.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi ringga ko‘tariluvchi professional boks kechasi 3-avgust kuni AQSHning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tishi belgilangan. Bu o‘zbek boksi uchun katta voqelik.