Bojxonadagi hiylalar
Bojxona to‘lovlardan qochmoqchi bo‘lganlar fosh etildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Bojxona to‘lovlardan qochmoqchi bo‘lganlar fosh etildi. Bu haqda "Hudud" informatsion dasturi xabar berdi.
Bojxonada eng muhimi o‘lchov birliklari
Tovarlarning bojxona to‘lovlarini hisoblashda o‘lchov birliklari muhim ahamiyat kasb etadi.
Bojxona to‘lovlari ayrim tovarlarga nisbatan og‘irligidan kelib chiqib hisoblansa, ayrimlarida donasiga hisoblanadi.
Kodlari o‘zgartirilgan tovarlar
Chuqursoy tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida xorijdan keltirilgan 17 tonna og‘irlikdagi led lampalarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish jarayonida navbatdagi jinoyat ishi fosh etildi.
Qiymati 670 million so‘mlik 9 turdagi tovarlar led lampa qismlari bo‘lgan va ularning bojxona yuk deklaratsiyasida ularning kodlari o‘zgartirilgan ekanligi aniqlandi.
Kodlarda ehtiyot qism shaklidagi mahsulot hujjatlarda tayyor mahsulot deya ko‘rsatilgan va donada hisoblangan.
Bojxona to‘lovidan qochish
Shu tariqa yuk egalari davlat hisobiga undirilishi kerak bo‘lgan 112 million so‘mni to‘lamaslikni maqsad qilishgan, ammo ularning hiylasi oshkor bo‘ldi.
Qonuniy jazo
Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Joriy yilning o‘zida bojxona xodimlari tomonidan 3700 dan ortiq qonun buzilishi holatlarida qiymati 70 milliard so‘mdan ziyod tovar mahsulotlarini noqonuniy olib o‘tishga urinishlar aniqlangan va chek qo‘yilgan.



