$
 12694.87
-25.13
 13766.32
-61.59
 139.48
-0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

"Zalatoy kuryerlar" ishi

Oltin

Bojxona postlarida 1 kg 395 gr oltin to‘xtatib qolindi.

Qimmatbaho toshlarni olib chiqishga uringanlar

Mamlakatimizda amaldagi qonunchilikka muvofiq jismoniy shaxslar 100 million so‘mgacha bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi deklaratsiyasini to‘ldirmasdan, undan yuqori narxga ega buyumlarni esa yo‘lovchi deklaratsiyasini to‘ldirgan holatda xorijga olib chiqishlari mumkin.

Ammo ayrim shaxslar qonunni cheklab o‘tgan holda zargarlik buyumlarini xorijga olib chiqishga urinishmoqda.

Oltin tashuvchilar

DXX ning Andijon viloyat boshqarmasi va viloyat bojxona boshqarmasi o‘tkazgan tezkor tadbirda Andijon shahri va Andijon tumanida yashovchi 4 nafar shaxs Do‘stlik chegara boshqarma posti orqali Qirg‘iz respublikasiga zanjir, tish qolipi va lom shaklidagi tilla buyumlarni kiyimlari ichiga yashirgan holda olib chiqib ketishga uringan paytida qo‘lga olindi. 

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ulardan olingan asllik darajasi 997 bo‘lgan oltin buyumlar va qotishmalarning jami vazni 556 gr. hamda umumiy bahosi 474 million 256 ming so‘mni tashkil etgan.

431 million 894 ming so‘mlik boshqa bir holat

Yana bir holatda, Izboskan tumanida yashovchi 1983-yilda tug‘ilgan ayol Paxtaobod tumanida joylashgan Madaniyat chegara bojxona posti orqali Qirg‘iziston respublikasiga chiqib ketayotgan vaqtida to‘xtatilib tekshirilganda, unda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan zanjir va lom ko‘rinishidagi asllik darajasi 992 bo‘lgan,  568 gr. oltin borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, tilla buyumlar bahosi 431 million 894 ming so‘mni tashkil etadi.

Ularning maqsadi nima bo‘lgan?!

Aniqlanishicha, ular oltin buyumlarini Qirg‘iziston orqali Turkiyaga olib ketishni maqsad qilgan bo‘lishgan.

Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi A bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Теги :
Жамият