$
 12606.73
49.17
 14849.47
40.34
 159.86
0.42
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Ba’zi mashina modellari uchun "rastamojka" bekor qilindi

Mikroavtobuslar

Joriy yilning 18-iyul kuni “O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-102-son, 18.07.2024 y.) qabul qilinadi. 

Kredit liniyasi 

Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-sentyabrdan kirish turizmi faoliyatini amalga oshiruvchi rezident bo‘lgan turoperatorlarni xorijiy mamlakatlardan respublikaga turistlarni olib kelishda aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan respublika tijorat banklari orqali milliy valyutada yillik 14 foiz stavkada kredit liniyasi ochiladi. 

Avtobus va mikroavtobuslar

Aniqroq qilib aytilganda 2025-yil 1-avgustgacha turizm sohasidagi tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi. Shuningdek, faoliyat boshlaganiga 3-yildan ko‘p bo‘lmagan turoperatorlarning xalqaro turizm ko‘rgazmalaridagi pavilon ijarasining 50 foizi qoplab beriladi.

Bank marjasi

Shunday qilib, belgilangan yillik foiz stavkasi tarkibida bank marjasi 3 foizdan oshmagan miqdorda o‘rnatiladi. Shuningdek, kredit mablag‘lari turoperatorlarga 2-yillik imtiyozli davr (foiz va asosiy qarzdan) bilan 10-yil muddatga ajratiladi. Bundan tashqari, tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan tijorat banklariga resurslar 3-yillik imtiyozli davr bilan 12-yil muddatga ajratiladi. Ma’lumot uchun, marja (fransuzcha marge — chekka) — savdo, birja, sug‘urta va bank amaliyotida tovarlar narxi, valyuta va qimmatbaho qog‘ozlar kursi, foiz stavkalari va boshqa ko‘rsatkichlarning muayyan davrlardagi farqini ifodalash uchun ishlatiladigan atama. Savdo amaliyotida Marja, odatda, tovarlarni sotib olish va qayta sotish narxlari o‘rtasidagi farq (foyda)ni bildiradi.