$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Markaziy Osiyo mamlakatlari betaraf: BMT Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini qoralovchi rezolyutsiyani qabul qildi

BMT

BMTning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilinishicha, BMT Bosh assambleyasi 24-fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Rossiya—Ukraina urushi bo‘yicha ikkita rezolyutsiya qabul qilgan.

“Adolatli va mustahkam tinchlikni ilgari surish” rezolyutsiyasi

Ma’lumotda qayd etilishicha, Bosh assambleya dastlab Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Ukraina tomonidan tayyorlangan rezolyutsiyani qabul qilgan. “Ukrainada keng qamrovli, adolatli va mustahkam tinchlikni ilgari surish” deb nomlangan hujjat keskinlikni yumshatish, jangovar harakatlarni tezda to‘xtatish va urushni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqiradi. Unga 93 ta davlat yoqlab ovoz bergan, 18 davlat qarshi chiqqan va 65 davlat betaraf qolgan (jumladan, O‘zbekiston ham). Rezolyutsiyaga qarshi ovoz berganlar orasida AQSH, Rossiya va Vengriya bor. Shu bilan birga, Xitoy ovoz berishda betaraf qolgan.

“Tinchlik sari yo‘l” rezolyutsiyasi 

Shundan so‘ng, Bosh assambleya Qo‘shma Shtatlar tomonidan tayyorlangan “Tinchlik sari yo‘l” rezolyutsiyasi uchun ovoz bergan. Ta’kidlanishicha, AQSH o‘z rezolyutsiyaga Yevropa davlatlari tomonidan taklif qilingan tuzatishlarni kiritgan, xususan, “Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasidagi mojaro” so‘zlari Rossiyaning “keng ko‘lamli bosqini” so‘zlari bilan almashtirilgan. Rezolyutsiya loyihasi uchun 92 ta davlat ovoz bergan, sakkiztasi qarshi chiqqan (jumladan, Rossiya) 73 ta davlat esa ovoz berishdan tiyilgan — ular orasida AQSH ham bor.

Теги :
Jamiyat