Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +18° kechasi +9°

Tahlil uchun qon nega aynan nomsiz barmoqdan olinishini bilasizmi?

Tahlil uchun qon nomsiz barmoqdan olinishining bir nechta sabablari ko'rsatildi.

2 daqiqa o‘qiladi

Tahlil uchun qon nega aynan nomsiz barmoqdan olinishini bilasizmi?

Tug'ilgandan boshlab va butun hayotimiz davomida har birimiz tahlil qilish uchun qon topshirish jarayonidan o'tamiz. Tomirdan qon olish esa eng keng tarqalgan usuldir. Bu laborotoriya xodimlari uchun qulayroqdir, chunki ular tekshirish uchun kerakli miqdordagi qonni olishlari mumkin. Lekin nima uchun umumiy qon tekshiruvi nomsiz barmoqda maxsus o'tkaziladi?

Bosh va jimjiloq

Bosh barmoq va jimjiloq barmog'ining qobig'i qo'l panjalari bilan bog'liq bo'lib, ularga infeksiya tushgan taqdirda, bir zumda butun qo'lga tarqaydi. 

Eng kam foydalaniladigan barmoq

Nomsiz barmoqdan qon olinishi sababiga to'xtalsak, eng avvalo uni boshqa barmoqlarga nisbatan kam qo'llaymiz. Shuning uchun barmoqni jarohatlash yoki infeksiya tushirish ehtimoli nisbatan past.

Shuningdek, nomsiz barmoq kapillyarlarga boy bo'lib, qon bilan yaxshi ta'minlangan.

O'z-o'zini tiklash jarayoni tez

Yana bir sabab - nomsiz barmoqdagi jarohat boshqa barmoqlarga nisbatan tez bitadi, nerv tolalari kam bo'lganligi bois nisbatan og'riqni uncha sezdirmaydi.

So'nggi asos esa eng yupqa teri ham nomsiz barmoqda, uni teshib qon olish oson.

O'ng qo'lmi yoki chap qo'l?

Tibbiyot xodimiga tahlil qilish uchun o'ng yoki chap qo'l kerakmi, farq qilmaydi, bu o'ng qo'l odam uchun qulaylik masalasidir, chap qo'lni skarifikator bilan teshib qon olish esa yanada qulaydir.

Qon olishdagi qiyinchiliklar

Ba'zi hollarda qon olish unchalik oson jarayon bo'lmasligi mumkin: masalan, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda. Shuning uchun shifokorlar kichik bolalarning tovonidan yoki bosh barmog'idan qon oladilar. Ma'lum bo'lishicha, kapillyar qonni olish uchun har doim ham barmoq kerak emas. Qon namunalarini olish bilan bog'liq qiyinchiliklar semiz va tanada katta kuyishlari mavjud bo'lgan odamlarda ham paydo bo'ladi.