Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +9°

O‘zbekiston va AQSh maxfiy harbiy ma’lumotlar bo‘yicha bitimni ma'qulladi

Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida navbatdagi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va AQSh maxfiy harbiy ma’lumotlar bo‘yicha bitimni ma'qulladi

Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida navbatdagi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasi 

18-may kuni Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan AQSH Mudofaa vazirligi o‘rtasida maxfiy harbiy ma’lumotlarni himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi bitimni ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Bu bitim Vashingtonda 2023 yil 9 iyunda imzolangan.

Bitim maqsadi

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Ravshanbek Alimovning aytishicha, jahondagi va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat, mavjud harbiy tahdidlar – O‘zbekiston Respublikasi Qurollik kuchlarining rivojlangan davlatlar, jumladan, AQSH bilan harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishini taqozo etmoqda. Ma'lumot o'rnida, bitim loyihasi o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan bo‘lib, muqaddima va 25 ta moddadan iborat. Qonun senatorlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.