$
 12658.19
-100.17
 14672.11
-148.0
 161.44
-1.9
weather
+26
Кечаси   +14°

Chegarasiz bilim — Ipoteka bank OTP Group va Osnova butun O‘zbekiston aholisi uchun ta’lim loyihasi Bilimxonani ishga tushirdi

Bilimxona

Ipoteka bank OTP Group hamkorligida Osnova tomonidan keng ko‘lamli ta’lim loyihasi — Bilimxona yo‘lga qo‘yildi. Bu loyiha butun O‘zbekiston aholisi uchun zamonaviy onlayn-ta’limga erkin kirishni ta’minlaydi. Loyiha yoshlarni rivojlantirish, ularning kasbiy ko‘nikmalarini oshirish va mehnat bozori talablari bilan moslashuvini ta’minlashga qaratilgan.

Loyiha haqida

O‘zbekiston aholisi tarkibining yarimidan ko‘pi — 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir. Aynan ular uchun Bilimxona yaratilmoqda — bu tashabbus yoshlarning kasbiy yo‘lini o‘zgartirishga va yangi imkoniyatlar eshigini ochishga qodir.

“Biz ishonamizki, mamlakatning asosiy boyligi — bu insonlardir. Ularning ta’limiga qilingan investitsiyalar — jamiyatning barqaror taraqqiyotiga qo‘yilgan sarmoyadir. Bizning asosiy maqsadimiz — har bir fuqaro o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi va zamonaviy mehnat bozorida bemalol yo‘nala olishi uchun teng bilim olish imkoniyatini yaratish,” — deydi Ipoteka bank OTP Group CEOsi Sandro Rtveladze.

“Osnovaning missiyasi — O‘zbekistonning har bir burchagidagi aholiga sifatli va zamonaviy ta’limni ochiq qilishdir. Ushbu missiya Ipoteka bank OTP Group jamoasi bilan hamohang bo‘lgani bizni quvontiradi. Bilimxona loyihasidagi hamkorligimiz butun mamlakat bo‘ylab yuz minglab odamlar uchun sifatli ta’limiy kontentga kirishni ta’minlaydi,” — deydi Osnova CEOsi Kamila Uzakova.

Bilimxona platformasi nimalarni taklif qiladi:

-Eng dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha kurslar: marketing, sun’iy intellekt (ChatGPT, Midjourney), dizayn (Figma, Tilda), Excel, HR va boshqalar

-O‘zbek va rus tillarida ta’lim olish imkoniyati

-Kurslar yakunida beriladigan sertifikatlar

-Orzuingizdagi kasbni aniqlashga yordam beruvchi kasbga yo‘naltiruvchi test

-Kuchli va zaif tomonlaringizni ko‘rsatib beruvchi sun’iy intellekt asosidagi kouchlar

-Ipoteka bank OTP Group’da talab yuqori bo‘lgan lavozimlarga sun’iy intellekt-rekruter bilan sinov intervyudan o‘tish, tavsiyalar olish va rivojlanish yo‘nalishingizni tushunish imkoniyati

-Qulay format: istalgan vaqtda, istalgan joydan o‘qish

-Muntazam yangilanadigan mavzular va yangi imkoniyatlar

Platformaga kimlar kira oladi?

Platforma barcha istaganlar — talabalar, yosh mutaxassislar va O‘zbekiston fuqarolari uchun ochiq. Ta’limni bugunoq boshlang — Ipoteka bank OTP Group va Osnova bilan birgalikda:

https://osnovaedu.uz/otp-bilimxona/ru

Onlayn ta’limdan tashqari, Ipoteka bank OTP Group butun mamlakat bo‘ylab innovatsion elektron kutubxonalar tarmog‘ini ochmoqda. Ushbu zamonaviy maydonlarda istalgan kishi Bilimxona platformasining raqamli imkoniyatlaridan foydalanib, o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Birinchi elektron kutubxona allaqachon Jizzaxda ochildi — va bu faqat boshlanishidir

Ipoteka bank OTP Group va Osnova bilan hamkorlikda zamonaviy ko‘nikmalarni egallash imkoniyati yanada yaqinlashdi — Bilimxona platformasidagi kurslarni bugunoq o‘rganishni boshlang!


Reklama huquqlari asosida