Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +23° kechasi +9°
Читать на русском

Birjaga chiqariladigan benzin hajmi ikki barobarga oshiriladi

Bu vaqtinchalik bo‘lib, barcha hududlarda zarur miqdorda zaxiralar yaratilgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Birjaga chiqariladigan benzin hajmi ikki barobarga oshiriladi

Kuni kecha sovuq havo oqimi natijasida ayrim hududlardagi AGTKShlar faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilayotgani haqida xabar bergan edik.

Birjadagi benzin hajmi ikki baravarga oshiriladi

Energetika vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, shundan kelib chiqib, birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin hajmi vaqtinchalik ikki baravarga oshiriladi. Buning uchun barcha hududlarda zarur miqdorda zaxiralar yaratilgan.

Talabga qarab hajm yanada oshishi mumkin

Talab va taklifga qarab, benzin hajmini yanada oshirish imkoniyati mavjudligi ma’lum qilinadi. Iste’molchilar talabini to‘liq qondirish masalasi davlat nazoratiga olingan.

Joriy kuz-qish mavsumida mamlakat aholisini benzin bilan zarur miqdorda hamda uzluksiz ta’minlash yuzasidan barcha zaruriy choralar ko‘rilgani ta’kidlanadi xabarda.

Narxlarning asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Bundan tashqari, xususiy avtozapravkalar egalaridan narxlarni sun’iy ravishda oshirmaslik, benzinni sifat va miqdor jihatidan to‘g‘ri sotish so‘ralmoqda.

Hozirgi vaqtda ishchi guruhlar tomonidan joylarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Narxlarning asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.