$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Zapravka”larga qo‘yilayotgan cheklovlar rasman joriy etiladi

zapravka

Ijtimoiy tarmoq faollari hamda fuqarolar tomonidan hududlardagi avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida cheklovlar joriy etilayotganligi, ayrim hududlarda esa “zapravka”lar umuman ishlamayotganligi haqidagi xabarlar tarqala boshlagan edi.

Energetika vazirlig bugun, 9-dekabr sanasi 21:00 da (qariyb kun yakunida) e’lon qilgan xabarga ko‘ra, endilikda ushbu cheklovlar rasman joriy etiladi.

Vazirlik axborotida nimalar deyilgan?

14 banddan iborat Energetika vazirligi xabari “Ob-havo keskin sovigan kunlarda aholini uzluksiz energiya resurslari bilan taʼminlash yuzasidan koʻrilayotgan zarur choralar...” deya boshlanib, mavsuvmdan betalafot chiqish borasida erishilgan yutuqlar va qilinayotgan ishlar haqida so‘z boradi. Jumladan, elektr va gaz taʼminoti korxonalarida kun-u tun ish olib boruvchi 1 600 dan ortiq maxsus brigadalar tashkil etilgani, holi hamda ijtimoiy soha obyektlariga energiya resurslarini barqaror yetkazib berish boʻyicha soha obyektlarida 24 soatlik ish rejimiga oʻtilganligi, avariyani bartaraf etishning oʻrtacha vaqti oʻtgan yildagi 3-3,5 soatdan joriy yilda 1-1,5 soatgacha qisqartirilganligi, oldingi yillarda generatsiya quvvati tanqisligi tufayli majburiy cheklovlar kiritilgan boʻlsa, yangi ishga tushirilgan quvvatlar hisobiga joriy yilda cheklovlar kiritilishi bartaraf qilingani bo‘yicha ma’lumot berilgan.

Masalaning ko‘plab hamyurtlarimizga qiziq bo‘lgan qismi — “zapravka”larga cheklov esa shunday izohlangan:

“Birinchi navbatda aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini (tibbiyot, maktab, maktabgacha taʼlim, oliy taʼlim muassasalari va boshqalar) tabiiy gaz bilan taʼminlash ustuvor vazifamiz ekanligini inobatga olib, hududlardagi mahalliy hokimliklar bilan birgalikda ishlab chiqilgan reja-grafiklarga muvofiq, isteʼmol yuqori boʻlgan ayrim hududlardagi avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (gaz zapravkalar) faoliyatiga qisqa muddatli cheklov kiritilishi rejalashtirilmoqda.

Bu boʻyicha viloyatlar va tumanlar hokimliklari rasmiy axborot manbalarida tegishli tartibda maʼlumot berib borilishi yoʻlga qoʻyiladi.”

Mirzamahmudov va’dasi AGTKShlarga aloqador emasmidi?

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Abu-Dabidagi ADIPEC ko‘rgazmasi doirasida jurnalistlarga bergan intervyusida:

“Bu yil tizimli ishlarni amalga oshirdik va qishga tayyorgarlik ko‘rdik, deb hisoblaymiz. Albatta, ijobiy va salbiy tomonlari, anomal ob-havo sharoitlari bor, shunday qilib biz barcha ob-havoga tayyormiz,” deya ta’kidlagandi.

O‘sha vaqtda berilgan axborotlarga ko‘ra, bu yilgi qish mavsumi uchun yerosti gazni saqlash omborlariga 5,1 mlrd. kub metrdan ortiq gaz zaxirasi jamlangan hamda bu o‘tgan yilgi hajmlarga nisbatan 1,1 mlrd. kub metr ko‘proq deya aytilgandi.

Ammo, hali dekabrning ilk dekadasi yakunlangani yo‘q va energetika tizimimizning “qulashi” o‘tgan yilgi ssenariy bo‘yicha davom etmoqda. “Zapravka”larga kiritilayotgan cheklovlar, o‘z-o‘zidan, aholining barcha qismiga ta’sir qilishi tabiiy. Yoqilg‘i yetishmovchiligi yo‘lkira narxlari oshishiga, bu esa iqtisodiy jihatdan qoniqarsiz va infilyatsion kayfiyat yuqori oddiy xalqning keskin noroziliklariga sabab bo‘lishi mumkin.

Теги :
Jamiyat
Avto
Iqtisodiyot