$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzin boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi

Benzin

Raqobat qo‘mitasi tovar-xomashyo birjasida Ai-80 avtomobil benzini narxining yuqori chegarasini belgiladi. Qayd etilishicha, qo‘mitaning 12-noyabrdagi topshirig‘iga ko‘ra, chorshanba kunidan boshlab Ai-80 benzini narxining sotuvchining boshlang‘ich narxiga nisbatan 5 foiz miqdorida o‘sishiga cheklov joriy etildi. Bundan tashqari, bitta qo‘lga 4 tonna benzin sotish cheklovi ham saqlab qolinadi.

Endi birjada benzin narxi qancha bo‘ladi?

Shunday qilib, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishlab chiqargan benzinning dastlabki narxi bir tonnasi uchun 8 931 005 so‘mni tashkil etsa, joriy etilgan cheklovni hisobga olgan holda bir tonna benzinning eng yuqori narxi 9 377 555,25 so‘mga teng bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida Ai-80 benzinining birja narxi bir tonna uchun 10 million so‘mdan oshib ketdi. Bir yil avval Ai-80 benzinning tonnasi o‘rtacha 7 million 228 ming so‘mdan sotilgan.

Bundan avval qo‘mitanning 5-noyabrdagi topshirig‘iga ko‘ra suyultirilgan gaz narxining oshishiga sotuvchining boshlang‘ich narxiga nisbatan 20 foiz miqdorida cheklov (spred) joriy etilgandi. Narxlarning keskin pasayishiga qaramay, birjadagi propan taklifi deyarli ikki baravar kamaydi — 2 ming tonnadan 1 ming tonnagacha.

Теги :
Jamiyat