3 ta AYoQShda sifatsiz benzin sotilayotgani fosh boʻldi
Ulardagi kamchiliklar bartaraf etilguncha birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha toʻxtatildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida 3 ta AYoQShda avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmaslik holati aniqlandi. Bu haqda Oʻzenergoinspeksiya xabar berdi.
Yelim idishlarda saqlanayotgan dizel yoqilgʻisi
Qayd etilishicha, Ohangaron tumanida joylashgan “D.” xususiy korxonasiga qarashli AYoQSh oʻrganilganda 4 dona ming litrlik yelim idishlarda dizel yoqilgʻisi saqlanayotganligi hamda nostandart yelim idishlarga dizel yonilgʻisi quyish holati aniqlandi.
Shuningdek, ushbu shoxobchada sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan oʻtkazilganda AI-92-rusumli avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) ma'lum boʻldi.
Bu yagona holat emas
Bu kabi holatlar Yangiyoʻl tumanida “S.F.B.” MChJ va Parkent tumanida "P." fermer xoʻjaligiga qarashli AYoQShlarda ham aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan ushbu AYoQShlarda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha toʻxtatildi.



