Aholi yashash joyiga kirib kelgan ayiq otib o'ldirildi
Ayiq IIB xodimiga tashlangan va jarohat yetkazgani aytilmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi aholi turar joyiga ayiq kelib qolganligi aks etgan video tarqala boshladi. Ushbu holat yuzasidan Ekologiya vazirligi munosabat bildirdi.
Maktab hududigacha kirgan ayiq
Aniqlanishicha, joriy yilning 15-may kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi "Jannatmakon" MFY hududiga kutilmaganda ayiq kelib qolgan. Yirtqich hayvon aholi turar joylariga kirib, insonlar hayotiga xavf tug‘dirgan. Ayiqni zararsizlantirish jarayonida ayiq IIB xodimlaridan biriga tashlangan va jarohat yetkazgan. Shu bilan birga 74-sonli maktab hududiga kirgan.
Otib o'ldirilishiga olib kelgan vaziyat
"Holat kutilmaganda yuz bergani, ayiqning tajovuzkor harakat qilgani va maktab o‘quvchilari hayotiga xavf tug‘dirganligi sababli tezkor chora ko‘rish talab qilingan va yirtqich otib o‘ldirilgan. Ayiq jarohat yetkazgan IIB xodimi esa tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda", - deyiladi xabarda.



