$
 12736.48
-21.17
 14193.53
-74.63
 137.60
-0.45
weather
+26
Кечаси   +14°

Dunyodagi eng baxtli shaharlar reytingi e’lon qilindi

orxus

Londonda joylashgan Hayot sifati instituti 2024-yil uchun dunyodagi eng baxtli shaharlarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

Reytingga 250 ta shahar kiritilgan

Tadqiqotda shaharlardagi baxtlilik darajasi kerakli resurslarning mavjudligi, demografik xususiyatlar va ijtimoiy sharoitlar kabi ko‘plab omillarga bog‘liqligi ta’kidlanadi. Ushbu reytingdan jami 250 ta shahar o‘rin olgan. Baholash davomida shaharlar uch toifaga ajratildi: Oltin, kumush va bronza.

3 toifadagi shaharlar

Birinchi toifaga Orhus (Daniya), Tsyurix (Shveytsariya), Berlin (Germaniya), Gothenburg (Shvetsiya) va Amsterdam (Niderlandiya) kabilar kiradi. Bu guruhda jami 37 ta shahar mavjud.

“Kumush” darajadagi baxtli shaharlar orasida Boston (AQSh), Odense (Daniya), Oslo (Norvegiya), Melburn (Avstraliya) va Monako bor. Ushbu guruhga 38 dan 100-o‘ringacha bo‘lgan shaharlar kiritilgan.

Uchinchi toifadagi baxtli shaharlar qatoriga Linz (Avstriya), Asan (Janubiy Koreya), Dyusseldorf (Germaniya), Uppsala (Shvetsiya), Maastriht (Niderlandiya) va boshqalar kiritildi. “Bronza” toifasidagi guruhda esa 101 dan 250-o‘ringacha bo‘lgan shaharlar joy olgan.

Reytingdagi shaharlar xilma-xil bo‘lishiga qaramay, Markaziy Osiyodan birorta shahar ro‘yxatga kiritilmagan.