Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 95 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +16° kechasi +9°

Sud “Baxti Tashkentskiy” va yana 36 nafar shaxsga nisbatan ishni ko‘rib chiqadi

Sudlanuvchilar tovlamachilik, jinoiy uyushma tashkil etish, firibgarlik, qasddan badanga shikast yetkazish, bezorilik va JKning boshqa moddalari bo‘yicha ayblanmoqda.

3 daqiqa o‘qiladi

Sud “Baxti Tashkentskiy” va yana 36 nafar shaxsga nisbatan ishni ko‘rib chiqadi

"Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev, uning o‘g‘li, akasi — jami 37 kishiga nisbatan 3-iyundan ochiq sud boshlanadi. https://t.me/AzizAbidov/4960

Sud bugun soat 10:00 da boʻladi

O‘zbekiston Oliy sudi matbuot kotibi Aziz Abidov ma’lum qilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontoxur tuman sudi 3-iyun kuni soat 10:00da o‘tgan yilning noyabr-dekabr oylarida jinoiy guruhlarga qarshi o‘tkazilgan reydlar doirasida qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshlaydi.

Qudratullayevlar oilasi

Sud jarayoni ochiq tartibda sudya Tolibjon Obidov raisligida Yunusobod tuman sudi binosida bo‘lib o‘tadi.

Jami 37 kishi, jumladan “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev, uning ukasi Shuhrat Qudratullayev va o‘g‘li Ixtiyor Qudratullayevlar ayblanmoqda. Oxirgi ikkitasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismining “a,v” bandlari (o‘ta yirik miqdorda tovlamachilik; xavfli takroriy jinoyat sodir etish) bilan ayblanmoqda.

Ayblanuvchilar roʻyxati

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra sudlanuvchilar Baxtiyor Qudratullayev, Shuhrat Qudratullayev (Baxti Tashkentskiyning akasi), Ixtiyor Qudratullayev (Baxti Tashkentskiyning o‘g‘li), Sh. Kurbanov, B.Zafarov, Sh.Rahimov, A.Xodjayev, D.Sharipov, A.Mirzaxanov, Sh.Sulaymonqulov, A.Norkulov, S.Xatamov, N.Jumaniyazova, R.Shakurov, T.Turmonov, F.Vapayev, M.Nasirxodjayev, D.Mo‘minxo‘jayev, M.Usmonboyev, M.Shodmanov, B.Xudayarov, A.Mashrafxanov, V.Kurbanov, A.Maxamadiyorov, A.Djurayev, B.Bakayev, A.Aliyev, J.Soliyev, A.Tursunboyev, B.Narmirzayev, F.Kamalov, M.Mirzoyev, N.Bagadirov, A.Shelyov, M.Kurbanov, O.Islamov hamda M.Ibadullayevlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 10 lab moddasi boʻyicha ayblov qoʻyilgan.

Sodir etilgan jinoyatlar

Sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining:

104 (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish);

109 (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish);

138 (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish);

165 (Tovlamachilik);

168 (Firibgarlik);

228 (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish);

242 (Jinoiy uyushma tashkil etish);

243 (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish);

273 (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish);

276 (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar);

277-modda (Bezorilik)larida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Jinoyatchilarni qoʻlga olishga yillar ketgan

Ma’lumot uchun, 36 nafar sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish va 1 nafariga garov tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llangan.

Noyabr va dekabr oylarida huquq-tartibot idoralari tomonidan “ko‘cha to‘dalari” va jinoiy guruhlarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha keng ko‘lamli reydlar o‘tkazildi . Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Doniyor Toshxoʻjayevning taʼkidlashicha , gumonlanuvchilarni qoʻlga olish boʻyicha operatsiya “bir-ikki kun emas, balki oylar va hatto yillar davom etgan” dalil toʻplash va puxta tayyorgarlik koʻrilganidan keyin boshlangan.