9 925 ta tadbirkorlik subyektlari barqarolik reytingida yuqori natijani qayd etdi
Savdo-sanoat palatasi oktyabr oyi holatiga ko‘ra tadbirkorlarning barqarorlik reytingi natijalarini e’lon qilindi.
1 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi boʻyicha mamlakatimizda 565 056 ta tadbirkorlik subyektlari baholanmoqda. Bunda aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilari soni 315 105 tani, qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari soni 249 951 tani tashkil qiladi.
Eng yuqori barqarorlik reytingiga ega tadbrikorlar qsyi hududda ko‘proq
7-oktyabr holatiga ko‘ra, reyting toifalari boʻyicha tadbirkorlar:
AAA, AA, A — 9 925 ta;
BBB, BB, B — 104 775 ta;
ССС, СС, С — 268 353 ta;
D — 182 003 tani tashkil qilmoqda.
Hududlar kesimida yuqori reytingga ega tadbirkorlar:
Toshkent shahri — 3 598 ta
Toshkent viloyati — 1 007 ta
Samarqand viloyati — 861 ta
Eng yaxshi ko‘rsatkich xizmat koʻrsatish sohasida
Sohalar kesimida – 4 247 nafari xizmat koʻrsatish, 3 385 nafari savdo, 1 476 nafari sanoat, 453 nafari qishloq xoʻjaligi, 299 nafari qurilish va 256 nafari boshqa sohalarga toʻgʻri kelmoqda.
“Savdo-sanoat palatasi, Soliq qoʻmitasi va Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan birgalikda oʻrta, qoniqarli va quyi barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlarining reyting koʻrsatkichlarini yaxshilash boʻyicha ularga tizimli ravishda amaliy yordam koʻrsatib kelmoqda”, – deyiladi xabarda.



