Dam olish kunlarida dollarni qayerdan topish mumkin?
Yangi yil bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklarni ketma‑ket 5 kunlik dam olish kutmoqda. Uzoq ta’tilga qaramay, moliyaviy operatsiyalar to‘liq to‘xtamaydi — valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari bayram kunlari ham amalga oshiriladi.
1 daqiqa o‘qiladi

Qator tijorat banklari navbatchi filiallar va xizmatlar orqali faoliyatni davom ettiradi, shuning uchun dollar sotish yoki sotib olishda hech qanday muammo bo‘lmaydi.
Dam olish kunlari ishlaydigan banklar:
— Agrobank
— Apexbank
— BRB
— Anorbank
— SQB
— MKbank
— Oktobank
Muhim:
Bankning rasmiy sayti yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga kirib, quyidagilar haqida ma’lumot olish mumkin:
• qaysi filial bayram kunlari ishlashi
• ish vaqti
• valyuta ayirboshlash operatsiyalarining mavjudligi
Alternativi — bankomatlar
Agar bo‘limga borishni istamasangiz, dollarni kunu‑tun ishlaydigan bankomatlar orqali sotib olish yoki sotish mumkin.
Bankomatlar joylashuvini bu yerda aniqlashingiz mumkin.