$
 12158.59
-39.69
 14238.92
-2.57
 157.88
1.31
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekiston banklaridagi muammoli kreditlar hajmi 21 trillion 185 milliard so‘mga yetdi

npl

Markaziy bank 2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra mamlakatning tijorat banklaridagi muammoli kreditlar (NPL) hajmi 21 trln. 185 mlrd. so‘mga yetganini maʼlum qildi.

O‘zbekistonda tijorat banklarining kredit portfeli 2024-yili 533,1 trln. so‘mni tashkil qildi.

Davlat banklarida holat qanday?

Davlat banklarida muammoli kreditlar hajmi 14 trln. 344 mlrd. so‘mni tashkil etmoqda. “Xalq banki” muammoli kreditlarini yil boshiga nisbatan 601 mlrd. so‘mga, portfeldagi ulushini 7,6 foizdan 4,2 foizga kamaytirgan. 

“Mikrokreditbank” va “Biznesni rivojlantirish bank”larida ham NPL biroz kamaygan.

“Agrobank” (+832 mlrd. so‘m), “O‘zsanoatqurilishbank” (+561 mlrd. so‘m) va “O‘zmilliybank” (+177 mlrd. so‘m)larda NPL miqdori boshqa davlat banklariga qaraganda jadalroq o‘sgan.

Boshqa banklardagi vaziyat

1-yanvar holatiga boshqa banklarda muammoli kreditlar hajmi 6 trln. 841 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

2024-yil davomida NPL‘ning keskin oshishi “Ipoteka bank” (+1 trln. 844 mlrd. so‘m) hamda “Kapitalbank” (+1 trln 61 mlrd. so‘m)da kuzatildi. 

“Hamkorbank” (+219 mlrd. so‘m), “Anorbank” (+104 mlrd)., “Davr bank”

(+102 mlrd. so‘m), “Trastbank” (+95 mlrd. so‘m) va “TBC Bank” (+87 mlrd. so‘m) larda muammoli kreditlar sezilarli oshgan.

Теги :
Jamiyat