$
 12909.80
7.8
 13415.86
-12.54
 129.09
1.49
weather
+26
Кечаси   +14°

Qaysi bank 2024-yilda eng ko‘p bank kartasini muomalaga chiqardi?

karta

 O‘zbekiston bank sektori 2024-yil davomida bank kartalarini muomalaga chiqarish bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Hisobotga ko‘ra, jami muomaladagi kartalar soni 56,9 millionga yetgan bo‘lsa, ushbu o‘sishga TBC Bank, Xalq banki va boshqa yirik tijorat banklari asosiy hissa qo‘shdi.

Karta emissiyasida kim yetakchi?

2024-yilning yanvar-dekabr oylari davomida muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni 10,6 millionga oshdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yangi chiqarilgan kartalarning 7,3 milliondan ortig‘i quyidagi banklarga to‘g‘ri keladi:

  • TBC Bank – 2,8 mln. karta (yetakchi o‘rin);
  • Xalq banki – 1,3 mln. karta;
  • Agrobank – 848 ming karta;
  • Ipoteka-bank – 842 ming karta;
  • Hamkorbank – 828 ming karta;
  • Anorbank – 711 ming karta.

Yil yakunida muomaladagi bank kartalarining umumiy soni 56,9 millionga yetgan bo‘lib, TBC Bank va Xalq banki eng ko‘p karta emissiya qilgan banklar bo‘ldi.

Muomalaga chiqarilgan kartalar boʻyicha top banklar

• Xalq banki – 12,21 mln. ta;

• Agrobank – 5,30 mln. ta;

• TBC Vank – 4,88 mln. ta;

• Ipoteka-bank – 4,60 mln. ta;

Bankomat va infokiosklar soni qanday o‘zgardi?

2024-yilning yanvar-dekabr oylarida bankomat va infokiosklar soni 3081 taga oshib, umumiy soni 29 736 taga yetdi. O‘rnatilgan bankomatlar bo‘yicha yetakchi banklar:

  • Xalq banki – 3099 ta bankomat;
  • Agrobank – 2155 ta;
  • Kapitalbank – 1681 ta;
  • Ipak Yo‘li banki – 918 ta.

To‘lov terminallari soni kamaymoqda

Hisobot davrida o‘rnatilgan to‘lov terminallari soni yil boshiga nisbatan 2680 taga kamayib, 426,7 mingta tashkil qildi. Bu kamayish to‘lovlarni qabul qilishda alternativ usullarning, jumladan, mobil va onlayn to‘lovlarning kengayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Теги :
Jamiyat